“O‘zgidromet” ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 27-yanvar kuni O‘zbekistonda quruq va nisbatan iliq ob-havo kutilmoqda, faqatgina respublikaning shimoliy hududlari sovuq antisiklon taʼsirida bo‘lib, harorat kunduzi 0-5 daraja iliqdan oshmaydi.
28-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida biroz qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliq, respublikaning shimoliy hududlarida 2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.
29—31-yanvarda sovuq havo massalari O‘zbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlaydi, havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, shimoliy hududlar ba’zi joylarida 8 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarida 29—31-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, asosan, qor shaklida yog‘adi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Toshkentda dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorat 27-yanvarda 9-11 daraja iliq, 28-yanvarda kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja bo‘ladi. 29—31-yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)