• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Uni butun mamlakat yaxshi ko‘rardi”: 21 yoshida tramvay ostida qolib vafot etgan “hindular sarkardasi” — Sergey Tixonovning ayanchli taqdiri

    Rus kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Ishbilarmon kishilar” filmining ekranlarga chiqqaniga 63 yil bo‘lganiga qaramay, haligacha u tomoshabinlarning sevimli filmi hisoblanadi. Filmda bola o‘g‘irlab, uning otasidan pul talab qilgan ikki firibgarning “dodi”ni bergan shumtakani gavdalantirgan aktyor Sergey Tixonovning taqdiri qanday kechgani ko‘pchilikka qiziq.

    Iqtidorni kashf etish

    Sergey Tixonov Moskvada oddiy oilada tug‘ilgan. Ota-onasining kinoga hech qanday aloqasi yo‘q edi, ular ishlab chiqarish sohasida mehnat qilishar va ikki o‘g‘ilni tarbiyalashardi. 1950-yilda dunyoga kelgan Seryoja kenja, akasi Yevgeniy esa to‘ng‘ich farzand edi. Aka-uka o‘sha davr bolalari kabi ko‘p vaqtini bolalar bilan birga ko‘cha changitib o‘tkazardi.

    Qo‘shnilar Sergeyni “ko‘cha bezorisi” sifatida eslashar: u so‘kinishni, hazil-mutoyiba qilishni va do‘stlari bilan kechgacha sayr qilishni yaxshi ko‘rardi. Shunga qaramay, Tixonovning qarindoshlari va tanishlari uni yaxshi ko‘rardi: u hech qachon birovga ozor bermasdi, aksincha mehribon va quvnoq bola edi. Tinib-tinchimasligi esa Seryojani bolalar orasida so‘zsiz yetakchiga aylantirgandi.

    Aytishlaricha, Tixonov rejissyor Leonid Gayday bilan avtobus bekatida tanishgan. Bola ota-onasi bilan transport kutib turganida, qo‘shiq xirgoyi qiladi, bu esa kino arbobining e’tiborini tortadi. Bolakayni ko‘rgan Gayday aynan u Jonni Dorset roliga mos tushishini tushunadi. Paytni poylab, Seryojaning ota-onasiga yaqinlashadi va bolani kastingga olib borishni taklif qiladi.

    Qizig‘i shundaki, o‘sha paytda “Ishbilarmon kishilar” filmidagi Jonni roli allaqachon band bo‘lgan. Dorset rolini Nadejda Rumyanseva ijro etishi kerak edi, u o‘sha paytlarda kinolarda o‘g‘il bolalar rolini o‘ynardi. Ehtimol, hammasi dastlabki reja bo‘yicha ketganida, film mutlaqo boshqacha ruhda suratga olingan bo‘lardi.

    Biroq Tixonov kastingda ajoyib iste’dodini ko‘rsatib, rolga tasdiqlanadi: u hech qanday tayyorgarliksiz barcha tuyg‘ularni ifodalab, hatto rejissyorning iltimosiga binoan yig‘lab beradi. Maydonchada hozir bo‘lganlarning barchasi Tixonovda noyob qobiliyat borligini darhol anglaydi.

    Bayramdek o‘tgan suratga olish ishlari

    “Ishbilarmon kishilar” tez orada mashhurlikka erishadi. Ayniqsa, hech qanday teatr to‘garaklariga qatnashmagan oddiy maktab o‘quvchisi Sergey Tixonovning rolini shunchalik mahorat bilan ijro etgani alohida e’tiborga sazovor bo‘ladi. U boshqa rejissyorlarning ham e’tiboriga tushadi, ulardan biri — Yevgeniy Sherstobitov tez orada yosh aktyorni o‘zining yangi filmiga taklif etadi.

    Yosh aktyorni hamma yaxshi ko‘rardi. Filmda rol o‘ynagan bolalar ham Sergeyni “sardor” deb bilishgan va uning har qanday shumliklariga rozi bo‘lishgan. Ular tez-tez cho‘milgani borishar yoki katta hamkasblariga shumlik qilib turishardi, Tixonovning o‘zi esa shaftoli deb mahalliy bir bola bilan urishishga ham ulgurgandi. 

    U bilan ishlash ham oson edi: u rejissyorning buyruqlarini osongina bajarar, agar matnni unutsa, kulgili improvizatsiya qilardi. Sherstobitov Tixonovning gaplari uchun bir necha bor ssenariyni qayta-qayta yozishga to‘g‘ri kelganini tan oladi. Darvoqe, filmda o‘ynashga ikkilanib turgan Sergey Martinson Tixonov bilan bir-ikki sahna o‘ynaganidan keyin darhol rolga rozi bo‘ladi. Keyinchalik ular do‘stlashib qolishadi.

    Yosh aktyorning shirinlikka bo‘lgan muhabbati suratga olish maydonchasidagi artistlar va boshqa xodimlarga ayniqsa kulgili tuyulardi. Seryoja suratga olish uchun tayyorlangan rekvizitlarni yeb qo‘yar, keyin ko‘z yoshi to‘kib suv so‘rab yurardi. Yevgeniy Sherstobitov bolakayni otalarcha sevardi va sho‘xliklari uchun uni har doim oldida olib yurishga tayyor ekanini ochiq tan olardi. Rejissyor “Sergey Tixonov — haqiqiy daho” deyishni yaxshi ko‘rardi.

    Fojiali yakun

    Keyinchalik Sergey Tixonov “Dubrovka” filmida jiddiyroq rol o‘ynaydi. Shundan so‘ng u ekranda ko‘rinmay qoladi. Tixonovning keyingi hayoti haqida ikkita taxmin bor, ulardan biriga ko‘ra, aktyor o‘z karyerasini davom ettirishga va teatr institutiga o‘qishga kirishga qaror qiladi.

    Biroq u o‘qishga kirolmaydi: qabul komissiyalarining barcha a’zolari talantli yigitning mashhurligini, aktyorlik ma’lumoti bo‘lmasa ham ish topa olishini bahona qilib, uni rad etishadi. Natijada Tixonov xizmatni o‘tab, yana o‘qishga kirish uchun armiyaga ketadi. Ammo xizmat vaqtida rejalar o‘zgaradi: Sergey qimorga berilib ketadi va bu zararli odatdan qutula olmaydi.

    Keyinchalik u zavodga ishga kiradi, hamma pullarini qartada yoki garovda yutqazadi. Nihoyat Tixonov qarzlarini to‘lash uchun ota-onasining uyidagi qo‘lga ilingan buyumlarni sota boshlaydi. O‘g‘rilar va sobiq mahbuslardan iborat bo‘lgan raqiblari umrining oxirigacha Sergeyni tinch qo‘yishmaydi. 1972-yilda esa 21 yoshli Tixonov tramvay ostida qolib, vafot etadi. Uni dushmanlari transport ostiga itarib yuborgani haqida mish-mishlar yuradi.

    Ikkinchi taxminga ko‘ra, Sergey hatto teatr bilim yurtiga kirishga urinmagan ham. U armiyada xizmat qilib, zavodga ishga kiradi va tasodifan tramvay ostiga yiqilib tushadi. Mashhur artist tramvay tagiga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan degan mish-mishlar ham bor, ammo do‘stlari va qarindoshlari bu taxminni darhol rad etishgan. Ba’zi hamkasblari Tixonov qimor tufayli janjallashib qolgan jinoyatchilarning e’tiborini jalb qilishdan qo‘rqib, bu haqda gapirishni istamaydi.

    Nima bo‘lganda ham, san’atkorning so‘nggi hayoti va o‘limi haqidagi haqiqatni aniqlash dargumon. Sergey vafotidan keyin qarindoshlari vaziyatni izohlashni rad etib, ularni tinch qo‘yishni so‘rashgan. Tomoshabinlar aktyorning tarjimayi holini rejissyorlar va boshqa san’atkorlarning eski intervyularidan bittalab yig‘ishgan.

    10 yanvar, 09:57   Izoh (0)   66464
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Sovet filmlari#aktyorlar
    Hilola G‘iyosova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hind kinosining durdona asari — “O‘yna, o‘yna” filmi haqida qiziqarli faktlar

    28.05.2021, 14:21

    Bag‘dodda hammayoq tinch: “Olovuddinning sehrli chirog‘i” filmidagi bosh qahramonlar bugun qanday ko‘rinishda? (foto)

    03.12.2021, 13:39

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    03.01.2022, 16:42

    200 rublga tushgan shohona tushlik, KGB nazoratida bo‘lgan “Brilliant qo‘l”, Brejnevga yoqqan “Kavkaz asirasi”: tomoshabinlar qalbidan joy olgan Leonid Gaydayning

    15.06.2022, 22:01

    Suratga olish jarayonida qahramonlaridan kam bo‘lmagan sinovlardan o‘tgan mashhur sovet aktyorlari (foto)

    22.12.2022, 10:24

    Yil hisoboti: 2022-yilning eng kassabop filmlari

    23.12.2022, 10:55

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    31.12.2022, 16:48

    Yerga sochilgan 6 tonna apelsin: “Cheburashka” filmi qanday suratga olingan?

    13.01.2023, 20:47

    “Kavkaz asirasi”, “Brilliant qo‘l”, “Gugurtga ketib”:  Leonid Gaydayning qayta-qayta tomosha qilsak-da, zeriktirmaydigan klassik filmlari

    01.02.2023, 21:43

    AQSHning “ko‘rinmas” kuchi: Amerika sirlarini oshkor etgan asar haqida

    12.10.2023, 20:40

    “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining xalqaro va milliy OAVda yoritilishi

    12.10.2023, 20:04

    Chingachguk 84 yoshda: Eng mashhur “sovet hindusi” Goyko Mitichning taqdiri qanday kechgan?  

    15.01.2024, 15:50

    “U o‘lishni xohlardi, unga intilardi, u haqda orzu qilardi”. Taqdiri fojiali yakunlangan sovet kinosining mashhur aktyorlari

    10.02.2024, 16:40

    “Zita va Gita” filmi qanday suratga olingan: suratga olish maydonchasidan kadrlar va film haqidagi 13 ta qiziqarli fakt

    02.03.2024, 11:50

    Sevimli ertaklarimizdan boshqa rollarda tanib olish qiyin bo‘lgan sovet aktyor va aktrisalari

    07.08.2024, 13:29

    Yillar o‘tsa ham Hindistonning eng talabgir aktyori bo‘lib qolgan Amitabh Bachchan hozirda nimalar bilan band?

    22.10.2024, 11:30

    SSSR kinoprokatining mutlaq yetakchisi “Yeseniya” filmining bosh qahramoni  50 yildan so‘ng qanday ko‘rinishda? 

    06.11.2024, 21:25

    O‘z vaqtida Hindiston va SSSR o‘rtasidagi madaniy ko‘prik bo‘lgan mashhur aktyor Dharmendra hozir qanday ko‘rinishda?

    11.12.2024, 16:50

    Avgustda olingan qahraton qish, yerto‘ladagi hammom: Sovet filmlari qanday suratga olingani haqida ko‘pchilik bilmaydigan faktlar

    17.12.2024, 14:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.