• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qashqadaryo

    “Prokurorning aytganini qilmagani uchun shu tarzda jazolanyapti”. Qamashi prokurori tadbirkorga adolatsizlik qilayotgani rostmi?

    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jamoatchilikka e’lon qilgan axborotlarining birida Qamashi tumanidagi “P.S.” fermer xo‘jaligi rahbari S.P. xo‘jalikning elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, katta miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani bildirilgan. “Biroq asl vaziyat boshqacha. Ukam prokurorning aytganini qilmagani uchun qonun himoyachilari uni shu tarzda jazolayapti”, deydi bu haqda “Daryo”ga gapirib bergan fermerning akasi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jamoatchilikka e’lon qilgan axborotiga asos bo‘lib xizmat qilgan manbalardan biri — Qamashi prokuraturasi tergovchisining 2024-yil 11-sentyabrda imzolangan qarori hisoblanadi. 

    Foto: “Daryo”

    Tuman prokuraturasi tergovchi, 3-darajali yurist B. Bozorovning aniqlashtirishicha, 1987-yil Qamashi tumanida tug‘ilgan Samariddin Polvonov 2022-yil 28-dekabr kuni MCHJ tashkil qilib, 2020-yil, ya’ni aytilgan vaqtdan ikki yil ortga qaytib, fermer xo‘jaligi yerlariga tuman Elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma qilmay, tok tortib kelgan. Tergovchiga ko‘ra, Polvonovning bu qilmishi 2024-yil 12-iyul kuni tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirida fosh bo‘lgan. Shuningdek, tergovchi bu qarorda Polvonovning yana MCHJ tashkil qilganiga urg‘u berib, aynan shu MCHJ rahbari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablariga zid ravishda 2 dona quvvati 4,4 kVt bo‘lgan nasos, 1 dona quvvati 0,15 kVt bo‘lgan projektorni tijorat maqsadida elektr tokiga ulab, o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelganini ta’kidlagan. 

    Foto: “Daryo”

    Tergovchi sudga oid iqtisodiy ekspertizaning 2024-yil 23-avgustdagi xulosasidan kelib chiqib, MCHJ elektr tokiga noqonuniy ulanishi natijasida 170 million 119 ming so‘mlik elektr tokidan noqonuniy foydalanib kelganini aniqlagan. Polvonov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) qilishda ayblanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. MCHJ rahbarining akasi bu ishlar tuman prokurorining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilganini aytib, Bosh prokuraturaga, qolaversa, viloyat hokimi Murodjon Azimovga shikoyat yo‘llagan. 

    Foto: “Daryo”
    “Prezidentimizning Qamashi tumaniga tashrifidagi topshiriqqa ko‘ra tumandagi 163 gektar lalmi yer maydonida uzumzor tashkil etilishi kerak edi. Qamashi tuman prokurori va boshqa rahbarlar shu masalani bajarish maqsadida ukamga o‘sha lalmi yerlarni ko‘rsatib, ‘Shu yerga tok tortib kelsang va artezian suv chiqarsang yerni beramiz, transformator xarajatlari uchun subsidiya ajratamiz’, deya va’da bergan. Ukam ularning va’dasiga ishonib, 300 million so‘mga yaqin mablag‘ xarajat qilib, beton simyog‘ochlar o‘rnatib lalmi yerga tok tortgan, transformator o‘rnatgan. Shuningdek, artezian qazdirgan. Ukam qonuniy tarmoqqa ulanish uchun harakat qilib yurgan paytda prokuror arteziandan boshqa fermerlar ham foydalanishi kerakligini talab qilgan. Ukam esa bunga yolg‘iz o‘zi xarajat qilgani uchun rozi bo‘lmagan. Shundan so‘ng prokuror ukamga aytganimni qilmading, deb tuhmat qilib, unga shunday ayblov qo‘ydi va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorani qo‘lladi”, deydi bu haqda “Daryo”ga gapirib bergan Akmal Polvonov. 
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchining tushuntirishicha, prokuror boshchiligida tuzilgan qarorda MCHJ rahbari o‘rnatgan suv nasosi 4,4 quvvatli deya xato yozilib, shu orqali keltirilgan zararni ko‘p qilib ko‘rsatish niyat qilingan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    “Ukam artezianga 1,1 lik nasos qo‘yib, elektr generator ishlatgan. Shu orqali bochkani to‘ldirib, otlarimizni sug‘organ. Qamashi tuman prokuraturasi esa nasoslar sonini ham 2 ta degan, shuningdek, uning quvvatini 4,4 qilib ko‘rsatgan. Men bu haqda Bosh prokuraturaga shikoyat qilganimdan so‘ng, artezian quduqdagi suv nasoslarini qayta ko‘zdan kechirish o‘tkazildi. “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Qamashi tuman Elektr tarmoqlari korxonasi, Qamashi NSEB xodimlari vaziyatni qayta o‘rganib, MCHJ rahbari foydalanib kelgan nasos 4,4 lik emas, 1,1 lik ekanini tasdiqlab, tuman prokuraturasiga ma’lumot ham bergan. Ularning hisob-kitobi bo‘yicha keltirilgan zarar 170 million so‘m emas, 90 million so‘m ekani qayd etilgan. Ya’ni haqiqiy holat ukamga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llashga sabab bo‘lmaydi. Qamashi tuman prokuraturasi esa hamon birinchi xato ma’lumotni asos qilishdan to‘xtamayapti”, deydi adolat istayotgan aka. 
    Foto: “Daryo”

    Akaning iddaosiga ko‘ra, ukasi nomidagi MCHJ balansida hech qanday yer yo‘q. Mazkur MCHJ esa prokuror va boshqa rahbarlar qistovi bilan tadbirkorlar sonini ko‘paytirib ko‘rsatish maqsadida ochtirilgan. MCHJ yeri deyilayotgan yer esa eski “Sabohat Ikromovna” nomli fermer xo‘jaligi nomida bo‘lib, bu fermer xo‘jaligi ancha avval tugatilib, yerlari tuman zaxirasiga olingan.

    17.11.2024, 19:55   Izoh (0)   22090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #prokuror#fermer#yer#qamoq#Qamashi#murojaat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hokimlik binosi oldiga qo‘y haydab kelganlarga chora ko‘rilmaydi” — Nurobod tuman IIB

    09.04.2021, 08:51

    Bosh prokuror O‘zbekistonda 2020-yil yer bilan bog‘liq masalalarda qancha mansabdor javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi

    25.04.2021, 14:08

    Andijonda kreditga olingan 149 tonna kartoshkani sotib, pulini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

    02.05.2021, 15:10

    Samarqandda 1 gektar yerni 15 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    27.05.2021, 06:47

    O‘zbekistonda hokimlarning yer ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolati bekor qilinadi

    03.06.2021, 21:43

    “Katta-katta hokimlarni javobgarlikka tortsangiz, sizni hurmat qilishni boshlayman”. Mirziyoyev yer ajratishdagi korrupsiya holatlari yuzasidan bosh prokurorga yuz...

    22.12.2021, 07:39

    Bo‘stonliklar hokim va’da qilgan yer berilmaganini aytdi. Hokimiyat vakillari esa aholi aytgan yer ularga berilsa, qonun buzilishini bildirdi

    30.03.2022, 18:05

    Farg‘onada talaba yigit va qiz birgalikda o‘z joniga qasd qildi

    29.04.2022, 23:44

    O‘zbekistonda fermerlar 2022-yil bug‘doy hosili uchun birja to‘lovlaridan ozod qilinadi

    11.05.2022, 18:57

    Andijonda yana bir tadbirkor o‘z joniga qasd qildi

    21.08.2022, 15:51

    Argentinada noma’lum shaxslar samolyot olib qochdi, ammo havoga ko‘tarilgan zahoti halokatga uchradi

    19.01.2023, 12:54

    Fermerlar kengashi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson hokimi ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat qildi

    03.04.2023, 12:17

    O‘zbekistonda 2023-yil uchun bug‘doy xarid qilish va sotish tartibi tasdiqlandi

    10.06.2023, 12:30

    Surxondaryolik fermer prokuror uni etik bilan urganini aytmoqda (video)

    12.07.2023, 15:50

    Fermerni rezina etik bilan urib, uni “cho‘chqa” deb atagan Bandixon prokuroriga chora ko‘rildi

    12.07.2023, 22:15

    Bosh prokuratura avaylagan prokurorni prezident ayamadi: fermerni rezina etik bilan urib, uni “cho‘chqa” degan Bandixon prokurori ishdan olindi

    28.07.2023, 18:52

    Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi (video)

    07.05.2024, 10:28

    O‘zbekistonda 2024-yil uchun bug‘doy xarid qilish va sotish tartibi tasdiqlandi

    19.06.2024, 13:15

    Toshkentda prokuratura va FVV xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi

    06.07.2024, 10:32

    Fermerlar kengashi Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Rahmatullo G‘afforov ustidan Bosh prokuraturaga murojaat qildi 

    25.09.2024, 17:26

    “BRIKS plyus” formatidagi sammitda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev, yangidan tashkil etilgan Migratsiya agentligi, Toshkent drenaj tizimini yaxshilash uchun ajra...

    24.10.2024, 22:40

    Surxondaryoga yangi prokuror tayinlandi

    26.10.2024, 12:20

    Moldovaning amaldagi prezidenti saylovda g‘alaba qozondi 

    04.11.2024, 10:15

    Qashqadaryolik tadbirkorni haqoratlab, “prokuror laychasi va cho‘ntagi” degan “zamprokuror” javobgar qilindi. Ammo u ayblagan biznesmen hamon ichkarida qolmoqda 

    06.11.2024, 18:23

    AQSHda Eron buyrug‘i bilan Trampga uyushtirilgan suiqasdning oldi olindi

    08.11.2024, 23:20

    MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

    09.11.2024, 16:46

    Avstraliyada qullikka qarshi kurashuvchi komissar lavozimi joriy etildi

    11.11.2024, 18:55

    Tramp prezidentligining ilk kunidayoq Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar o‘tkazmoqchi

    11.11.2024, 19:03

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Saudiya Arabiston podshohligi prokuraturasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

    11.11.2024, 22:25

    Qirg‘izistonda sobiq bosh prokuror o‘rinbosari hibsga olindi 

    13.11.2024, 22:00

    Trampga qarshi ayblovlar qo‘ygan maxsus prokuror isteʼfoga chiqmoqchi — OAV

    13.11.2024, 19:39

    London parlamentiga qilichlar bilan kelgan erkak Boris Jonsonni qidirdi

    15.11.2024, 10:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.