• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Buxoro

    TikTok’da o‘zini saraton va jigar sirroziga chalingan bemor qilib ko‘rsatib, xayriya pullarini “yeb kelgan” ayolga hukm o‘qildi

    Buxoro viloyatining Jondor tumanida tug‘ilgan 38 yoshli ayol TikTok’da Matluba nomi bilan profil ochib, odamlarga o‘zini bosh miya saratoni va jigar sirrozi bilan kurashayotgan bemor sifatida ko‘rsatib, odamlarning xayriya pullarini “yeb kelgani” ma’lum bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudida ayolning xatti-harakatiga qonuniy baho berildi.  

    Sud hujjatlarida yozilishicha, ayol o‘zgalarning mulkini talon-toroj qilish maqsadida 2021-yilning boshlarida TikTok ijtimoiy tarmog‘ida “Matluba1986” nomli profil ochib, ushbu manzil orqali o‘zining bosh miya saratoni va jigar sirrozi kasalligiga chalingani haqida yolg‘on videomurojaatlar qilgan. Davolanishi va boshqa xarajatlari uchun tarmoq kuzatuvchilaridan ehson sifatida pul olishini aytib, plastik kartochkalari raqamlarini e’lon qilgan. 

    U 2023-yilning noyabr oyida Maqsad Navro‘zovadan 5 million so‘m, Shohista Ortiqovadan 1 million so‘m, Zulfizar O‘ktamovadan 1,5 million so‘m pul olgan. 

    Sud muhokamasida sudlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan ayol aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, bunday xatti-harakatiga oilaviy ahvolining og‘irligini sabab qilib ko‘rsatgan. 

    2021-yil boshlaridan buyon oila a’zolarim bilan birga Rossiya davlatiga ishlash maqsadida borib kelaman. Oxirgi marta 2022-yilning oxirlarida Rossiyaga ketib, 2023-yilning taxminan noyabr oylarida qaytib kelib, hozirgi kunga qadar uyimdaman.

    2021-yilda Rossiya davlatida ishlab yurgan vaqtimda iqtisodiy sharoitim og‘ir bo‘lgani sababli turli ishlarda ishladim. 2019-yil oxirlaridan o‘zimga tegishli telefonda TikTok ijtimoiy tarmog‘idan “Matluba” nomli profil ochib, foydalanib keldim. 2021-yilning boshlarida iqtisodiy sharoitim og‘ir bo‘lgani sababli pulga muhtoj bo‘lib qoldim.

    Shundan so‘ng TikTok’da o‘zimni bosh miya saratoni va jigar sirrozi kasalligiga chalingan ayol sifatida ko‘rsatib, jonli efirlar qildim va odamlardan ehson puli so‘ray boshladim. 2024-yilning aprel oyiga qadar TikTok’dan kartamga turli miqdordagi pullarni tashlatib, uni shaxsiy xarajatlarim uchun sarflab keldim, deydi voqea haqida gapirgan sudlanuvchi. 

    Ayolning tan olishicha, u umuman kasallikka chalinmagan bo‘lgan. 

    Men Matlubanining videolavhalaridan uning iqtisodiy sharoiti og‘ir ekanini bilgan edim. O‘sha vaqtda Matluba TikTok ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir qilgan vaqtlari o‘zining bosh miya saratoni kasalligiga chalinganini aytib, jonli efirda uni kuzatuvchilardan ehson so‘rashni boshlagandi.

    Mening onam ham saraton kasalligiga chalinib vafot etgani sababli Matlubaga rahmim kelgan edi va unga moddiy jihatdan yordam berishga qaror qildim. Matluba TikTok’da qilgan jonli efirlarida o‘zining plastik karta raqamlarini yozib qo‘yar edi. Men shundan keyin Matlubaning plastik kartasiga turli miqdorda pul o‘tkazib berishni boshladim. Bo‘lib-bo‘lib unga 5 million so‘m miqdorida pul berdim.

    2024-yilning aprel oyi boshlarida Matluba TikTok’dagi jonli efirida qornining rasmini ham ko‘rsatib, jigar sirrozi kasalligiga chalinganini aytib, kuzatuvchilardan ehson so‘rashni davom ettirdi. Keyin bilsak, u qorni ustiga doka qo‘yib, “izolenta” yopishtirgan ekan. Surishtirsam, aslida, u homilador ekani ma’lum bo‘ldi, deydi sudda so‘z olgan jabrlanuvchilardan biri. 

    Sud ayolni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining “b” va “g” bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan axborot tizimidan, shu jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) bilan aybli deb topib, unga nisbatan shu modda bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘lladi va kunning kech soat 22:00 dan ertalab soat 07:00 gacha yashash joyidan chiqishi cheklangan holda, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

    Avvalroq Buxoroda 16 yoshli bola o‘zgalar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yuborgani, Toshkentda fuqaroni Yaponiyaga ishga jo‘natish evaziga 7,4 ming dollar olgan shaxs ushlangani xabar berilgandi.

    12.11.2024, 12:10   Izoh (0)   22298
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sud#sudya#ayol#TikTok#Buxoro

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jamoatchilik savoli: Maktab direktorini ishdan bo‘shatgan va qamatgan Surxondaryo hokimiga chora ko‘riladimi?

    04.08.2023, 10:17

    “Dok-1 Maks” ishi: Sudlanuvchilardan biri suddagi ko‘rsatuvida tergovda unga ruhiy bosim bo‘lganini aytmoqda

    19.08.2023, 14:03

    Britaniyada yetti chaqaloqni o‘ldirgan hamshira umrbodga qamaldi 

    21.08.2023, 21:37

    “Dok-1 Maks” sudida 21 nafar sudlanuvchi so‘roq qilinib bo‘ldi. Sud endi guvohlar va jabrlanuvchilarni tinglashga o‘tdi

    06.10.2023, 15:53

    Samsung kompaniyasining rahbari firibgarlik ishi bo‘yicha sudda to‘liq oqlandi

    05.02.2024, 20:10

    Avstriyalik ayol o‘g‘lini it qafasida qiynagani uchun qamaldi

    02.03.2024, 13:38

    “Daryo” dayjesti: 29-aprelning eng muhim xabarlari

    29.04.2024, 22:25

    “Ayolga 61 marta pichoq sanchgan”. Toshkentda sobiq harbiy xizmatchining 19 yil avvalgi qotilligi fosh bo‘ldi

    13.06.2024, 18:05

    Yangi Zelandiyada ayol aeroportga olib bormagan yigitini sudga berib, 18 ming dollar talab qildi

    21.06.2024, 17:15

    O‘zbekistonda 13 nafar sudya sudyalik qasamyodini buzgani uchun vakolatidan mahrum bo‘lgan 

    20.09.2024, 09:55

    22-oktyabrning eng muhim xabarlari: Samarqanddagi uylardan birida sodir bo‘lgan portlash, Toshkentdagi YTH oqibatida ikki kishining halok bo‘lishi, sifatsiz benzin...

    22.10.2024, 22:40

    Farg‘onada blogerni sud zalidan chiqarib yuborgan sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

    23.10.2024, 18:54

    Navoiyda nogironligi bor shaxsga qamoq jazosi berilgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi

    24.10.2024, 10:15

    Qashqadaryoda sud raisini sudga bergan sobiq yordamchi ishi Kosonda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 

    28.10.2024, 11:25

    “To‘qqiz oy toza ishladim, hech qanday iltimosni bajarmadim”. Sudyalikdan nohaq ketkazilganini aytayotgan sobiq qozi 

    28.10.2024, 17:10

    “Sudyaning lavozimdan olinishi ukasiga doir jinoyat ishidagi ishtiroki bilangina bog‘liqmas”. Sudyalar oliy kengashi “Daryo”dagi maqolaga munosabat bildirdi 

    31.10.2024, 16:58

    Toshkent shahar sudlari “Xalq nazorati”dagi shikoyatga javob qaytardi

    02.11.2024, 12:10

    Singapur sudi ayolga ukasining xonasiga kirishni 8 yilga taqiqladi 

    02.11.2024, 22:10

    Qashqadaryoda qudalar o‘rtasidagi sud mojarosi kadastr xodimlari kirdikorini fosh qildi

    04.11.2024, 17:45

    Isitish mavsumining boshlanishi, Qashqadaryoda yoqalashgan o‘qituvchi va o‘quvchi, Namanganda ijaraga olingan mashinada avariya bo‘lgan maktab o‘quvchilari: 4-noya...

    04.11.2024, 22:54

    Qashqadaryo sudlarida ish yakuniy bosqichiga yetgach, tarkib to‘satdan o‘zgartirildi. Bu tashqi aralashuvlar bilan bog‘liqmi?

    06.11.2024, 14:33

    Surxondaryo prokuraturasining qashqadaryolik tadbirkorga sotilganini aytgan “zamprokuror”ga xizmat tekshiruvi tayinlandi

    08.11.2024, 16:35

    Gvatemala Qurolli kuchlar bosh shtabining sobiq boshlig‘iga qariyb 3 ming yillik qamoq jazosini so‘radi

    08.11.2024, 17:44

    Qozog‘istonda ikki nafar ayol ijaradagi xonadonda o‘lik holda topildi

    09.11.2024, 12:10

    MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

    09.11.2024, 16:46

    “Haqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qat’iyat yetishmayapti” — Oliy sud raisi 

    09.11.2024, 23:15

    O‘zbekistondagi tergov izolyatorlari deyarli to‘lgan. Bunday holat birinchi marta 2001-yilda kuzatilgani ma’lum qilindi

    09.11.2024, 23:40

    Buxorodagi maktabda fohishaxona tashkil qilgan 62 yoshli qorovulga hukm o‘qildi

    11.11.2024, 09:40

    “Tergovni mas’uliyatni sezadigan darajaga olib chiqishimiz kerak” — Oliy sud raisi 

    11.11.2024, 10:30

    “Aslida Rouz jon saqlagan narsa eshikmasdi”. Keyt Uinslet “Titanik”ning o‘sha mashhur sahnasi haqida

    11.11.2024, 17:57

    Xalqaro jinoiy sud sudyasi Moskvada sirtdan hibsga olindi

    11.11.2024, 23:00

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Saudiya Arabiston podshohligi prokuraturasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

    11.11.2024, 22:25

    Prezidentning Saudiya Arabistoniga tashrifi, Toshkentda demontaj qilingan noqonuniy reklama bannerlari, Namanganda to‘qnashgan Damas va teplovoz: 11-noyabrning eng...

    11.11.2024, 23:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55

    Mashhur filmlarda ko‘pchilik sezmagan 17 xatolik

    Kino | 28 iyun, 15:35

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.