Buyuk Britaniyadagi 17 korxona to‘rt kunlik ish haftasi bo‘yicha tajribada qatnashadi. Mazkur korxonalardagi jami 1000 nafardan ortiq xodim bir haftaga mo‘ljallangan ishlarni 4 kunda bajarib, keyin 3 kun to‘liq dam oladi. Bu haqida Guardian nashri xabar berdi.
“Buyuk Britaniyadagi ming nafardan ortiq xodim ish kunlari qisqarsa ham, belgilangan ish haqini yo‘qotmagan holatda qo‘shimcha dam olish kunlariga ega bo‘ladi. Mazkur grafik tajriba asosida yo‘lga qo‘yilib, ma’lum vaqtdan keyin xodimlarning ish unumdorligi bo‘yicha statistika tuzib chiqiladi”, deyiladi materialda.
Shu bilan birga, ba’zi kompaniyalar har ikki hafta davomida ishchilarni qo‘shimcha dam olish kunini olish jadvalini sinab ko‘rishga qaror qilishdi.
- Daniyada to‘rt kunlik ish haftasi tajribadan o‘tkazilishi xabar berilgandi.
- Yangi ish haftasini sinab ko‘rish imkoniyati beriladiganlar ishni tashkil etishning turli modellaridan foydalanishlari kerak.
- Masalan, ish kunlarining qisqarish bilan bir vaqtda ish vaqtini ko‘paytirish yoki belgilangan bo‘sh kunlar bilan bir xil ish vaqtini saqlab qolish shular jumlasidandir.
Izoh (0)