Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9-oktyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 7,85 so‘mga pastlab, 12 787,03 so‘m bo‘ldi. Yevro 27,20 so‘mga ko‘tarilib, 14 049,11 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,06 so‘mga oshib, 133,05 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 794,88 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi pastlagandi. Tijorat banklarida esa 7-oktyabr kuni dollar sotuv kursi 12 855 so‘mgacha ko‘tarilgandi.
Izoh (0)