Turkiyaning Istanbul shahrida mushuklarni kislota bilan o‘ldirgan erkak sakkiz yilga qamaldi. Bu haqda DHA xabar berdi.
Istanbul fuqarosi 2023-yil iyul oyida Eyupsulton tumanida mushuklarga kislota sepgan. Hayvonlar o‘limga olib keladigan darajada kuygan va nobud bo‘lgan.
Istanbul shahar sudi erkakni “birdan ortiq uy hayvonlarini qasddan o‘ldirish” moddasi bo‘yicha 4,5 yilga, shuningdek, “birdan ortiq hayvonni qiynoqqa solish yoki ularga shafqatsiz munosabatda bo‘lish” uchun 3 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum qilgan.
Sud majlisida Istanbul advokatlar kollegiyasi Hayvon huquqlari markazi advokatlari va Eyupsulton tuman ma’muriyati advokati qatnashgan. Ayblanuvchi va uning advokati esa ishtirok etmagan. Umumiy hisobda erkak 8 yil-u 3 oy jazo muddatini o‘taydi.
Izoh (0)