Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidentligiga nomzod Kichik Xuan Antonio Samaranch Rossiya Olimpiya Xartiyasini qo‘pol ravishda buzayotganini aytdi.
Men Rossiya Olimpiya qo‘mitasini reintegratsiya qilish masalasini imkon qadar tezroq ko‘rib chiqmoqchiman. Rossiya Olimpiya xartiyasini qo‘pol ravishda buzmoqda. Chetlatish sabablari yo‘qolishi bilanoq Rossiya Federatsiyasini qaytarish ustida ishlash kerak bo‘ladi”, — dedi Kichik Samaranch.
2022-yil fevral oyi oxirida XOQ xalqaro sport federatsiyalariga murojaat bilan chiqdi va ularga rossiyalik va belaruslik sportchilarni hech qaysi musobaqalarda ishtirok etmaslikni tavsiya qildi. 2023-yil oxirida tashkilot rossiyaliklar va belaruslarni 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlariga neytral sportchilar sifatida qabul qilishga qaror qildi. Sportchilar ishtirok etish uchun qator talablarni bajarishi va saralashdan o‘tishi talab qilindi. Bundan tashqari, ularning natijasi umumjamoa hisobidagi medallar jadvalida e’tirof etilmadi.
Izoh (0)