2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bino va inshootlar qurilishi ulushi 68,7 % ni, fuqarolik obyektlari 21,1 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 10,2 % ni tashkil etgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar qildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bino va inshootlar qurilishi ulushi 72,1 % ni, fuqarolik obyektlari 22,4 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 5,5 % ni tashkil etgan.
Avvalroq Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 26 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani haqida xabar bergandi.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 28,7% ga o‘sgan.
Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 27,6% ni tashkil etgan.
Izoh (0)