• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sud yakunlandi. Toshkentda xodimini kaltaklagan savdo markazi mas’uli voqea haqida batafsil aytib berdi

    14-sentyabr kuni Toshkent shahrida Inbazar savdo markazlaridan birining mas’uli qo‘l ostida faoliyat yurituvchi xodimini kaltaklab, videoga oldirgani tarqalgandi. Bu keng muhokamalarga sabab bo‘lgani ortidan kuch ishlatgan mas’ul xodimga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani xabar qilingan edi.

    Kadr: Telegram

    Toshkent shahar sudlarining “Daryo”ga xabar berishicha, aybdorlarga nisbatan sud ishi yakunlandi. Ma’lum qilinishicha, 13-sentyabr kuni mazkur savdo markazi qorovuli sotuvchi M.T.ni turli uyatli so‘zlar bilan so‘kib, shapaloq urgan. Savdo majmuasi katta menejeri esa ularni ajratish o‘rniga qorovulga qo‘shilib so‘kkan, holatni videoga olib xodimlarning 100 kishilik guruhiga yuborgan. 

    Sudda aybdor voqeaga izoh berib, M.T. do‘konga tegishli bo‘lgan aravani pastga uloqtirib yuborganini ko‘rganini, jahl ustida uni so‘kib, yuziga urib yuborganini va qilmishidan pushaymonligini aytib, suddan yengilroq jazo so‘radi. 

    Sud qarori bilan xodimni kaltaklagan savdo markazi qorovuli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Bundan tashqari, holatni tasvirga olgan yana bir xodim ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 5 sutkaga qamaldi.

    Avvalroq mazkur voqeadan savdo markazi rahbari Omadbek Xolmatov chiqish qilib, jamoatchilikda uzr so‘rab, zo‘ravonlikka qarshi ekanini va bunday harakat jazosiz qolmasligiga ishonishini aytib chiqdi. Shuningdek, kaltaklangan xodimdan kechirim so‘ralgan holda, unga Spark sovg‘a qilingani e’lon qilindi.

    15-sentyabr kuni Inbazar savdo markazi rahbari Omadbek Xolmatov tomonidan xodimlarni haqorat qilish, kaltaklash holatlari aks etgan bir nechta video tarqaldi. Bu jamoatchilik tomonidan keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Kaltaklangan xodimini yonini olgan va unga Spark sovg‘a qilgan Omadbek Xolmatov ishini avval yoqlab chiqqan ko‘pchilik faollar va mashhurlar unga doir videolar tarqalgandan keyin fikridan qaytishgani, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini aytib chiqishdi.

    Mehnat munosabatlari bo‘yicha huquqshunos Saydali Muxtoraliyev xodimlarni “samosud” qilish, rahbar va xodim munosabatlari qonunchilikda belgilangan normalar yuzasidan “Daryo”ga tushuntirish berdi.

    “Samosud” qilishga kech kimning haqqi yo‘q

    Qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatda hech bir shaxsni boshqa bir shaxs “samosud” qilishga haqqi yo‘q. Qonun ustuvor bo‘lgan yoki qonun ustuvor mamlakat ekanligini e’tirof etgan davlatda bunaqa narsa yuz bermaydi. Bu g‘irt o‘zboshimchalik hisoblanadi. Hech bir shaxsga, hech bir fuqaroga boshqa bir fuqaroni o‘z holicha, sudsiz yoki boshqa bir vakolatli organning qarorisiz jazoga tortishga yoki jazolashga huquq berilmagan. Yani “samosud” qilishga kech kimning haqqi yo‘q.

    Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlarda xodimlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni, majburiyatlarni ma’lum bir vaqtda yetarli darajada bajarmasligi mumkin, ya’ni intizomni buzishi mumkin. Buning uchun qonunda belgilangan jazo turlari, ta’sir choralari bor. Agar xodimlar ishxonada, korxonada, idorada o‘ziga yuklangan vazifalarni, majburiyatlarni lozim darajada bajarmaydigan bo‘lsa, intizomni buzadigan bo‘lsa, Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan 3 xil intizomli jazo turlari bor. Shulardan bittasiga asosan javobgarlikka tortiladi. Bundan boshqa jazo turlarini ish beruvchi bo‘ladimi, o‘zini asoschiman deb hisoblagan qanaqadir g‘o‘ddaygan shaxs bo‘ladimi, qo‘llashga haqqi yo‘q.

    “Samosud” sifatida do‘pposlash, urish, haqorat qilish mutlaqo quyushqondan chiqish hisoblanadi. Bunday holatlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi tayin.

    312-modda. Intizomiy jazo choralari

    Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

    1) hayfsan;

    2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ish beruvchi tomonidan ushbu kodeksning 269 va 270-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi;

    3) mehnat shartnomasini bekor qilish (ushbu kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari).

    Ushbu kodeksda boshqa qonunlarda, intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Videoga olib tarmoqlarda haqorat qilish

    Agar shaxs boshqa bir shaxsni ijtimoiy tarmoqlarda yoki OAVda haqorat qiladigan bo‘lsa, bunday holat Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qism bilan tasniflanadi. Shu jihati bilan ma’muriy javobgarlikka tortiladigan haqorat va bu haqorat o‘rtasida birozgina farq bor. Bunga ham o‘sha tegishli sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘zini adolatli bahosini beradi.

    140-modda. Haqorat qilish

    Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish orqali haqorat qilish — BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

    Qonunbuzarlar, xodimlarga quldek munosabatda bo‘ladigan shaxslar javobsiz, jazosiz qolib ketmaydi. Qolganlarga ham bunday harakatlar uchun jazo va javobgarlik choralari borligini ko‘rsatish uchun jazo muqarrar ekanligi ta’minlanishi lozim.

    Qayerga murojaat qilish kerak?

    Xodimlar zo‘ravonlikka duch kelsa, mehnat huquqlari buzilsa, qolaversa, mehnat huquqlari buziladigan, muttasil kamsitiladigan, ularni odam o‘rnida ko‘rilmaydigan joyda ishlasa:

    • ichki ishlar organlariga;
    • kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlaridagi mehnat inspektorlariga;
    • joylardagi prokuratura organlariga ham buzilgan huquqlarini tiklash masalasida murojaat qilishlari mumkin.
    17.09.2024, 08:48   Izoh (0)   31738
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video olib, tarqatgan fuqarolar javobgarlikka tortildi (video)

    14.12.2023, 09:17

    Chirchiqdagi tibbiyot markazida bosh shifokor yig‘ilishda behayo so‘zlar bilan xodimini haqoratladi 

    08.06.2024, 20:45

    Surxondaryoda YPX xodimini haqoratlab, “pagon”ini yulgan mayorga tanbeh berildi

    12.09.2024, 11:41

    IIBB savdo markazlaridan birining mas’uli xodimini kaltaklagani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

    14.09.2024, 21:34

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi 

    17.09.2024, 08:32

    Farg‘onaga bangladeshlik to‘qimachilik sanoati mutaxassislari kelishi kutilmoqda 

    16.09.2024, 23:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi 2 bolakayning o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 17:35

    Insonning o‘zi bo‘lgan haddan ziyod talabchanligi qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

    Layfstayl | 14 iyun, 17:15

    “Sud tizimiga sunʼiy intellektni tezroq joriy etish zarur” — Vladimir Norov

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:55

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    Dunyo | 14 iyun, 16:36

    “Islom Karimov nomidan xat yozib, 700 ming dollar so‘ragan”. O‘qituvchi ayol Samarqand hokimini chuv tushirishga uringan

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:10

    “Davlat byudjetidan subsidiya va investitsiyalarga xarajat qilmaslik kerak” — Abdulla Abduqodirov

    Iqtisodiyot | 14 iyun, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.