Hindistonning g‘arbiy Gujarat shtatida boshlangan noma’lum kasallikdan kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Hindustan Times gazetasi xabar bermoqda.
“Mahalliy shifokorlar hozircha aniq sababini aniqlay olmayotgan kasallik Pokiston bilan chegaradagi Kach tumani Laxpat shahrida 3—7-sentyabr kunlari avj oldi”, deyiladi xabarda.
Mahalliy ma’muriyat vakili Amit Aroraning aytishicha, o‘lim sababini aniqlash uchun vafot etganlarning tahlil natijalari Milliy virusologiya institutiga yuborilgan.
Kasallikning avj olishi mintaqada kuchli yomg‘ir va suv toshqini bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Ushbu musson mavsumida Gujaratda 890 mm atrofida yog‘ingarchilik kuzatildi, bu o‘rtacha ko‘rsatkichning 184 foizni tashkil qiladi.
Izoh (0)