AQSHning Merilend shtati Joppataun shahridagi maktabdagi otishmada 15 yoshli o‘smir halok bo‘ldi.
Bu haqda ABC telekanali shahar tarkibiga kiruvchi Harford okrugi politsiyasiga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab binosidagi hojatxonalardan birida janjal kelib chiqqan, natijada bir o‘quvchi ikkinchisini o‘qotar qurol bilan og‘ir yaralagan. Shundan so‘ng u shosha-pisha taʼlim muassasasini tark etgan, biroq bir necha daqiqadan so‘ng uni yaqin atrofda politsiya xodimlari qo‘lga olishgan.
Yaralangan o‘smirga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, keyin kasalxonaga yotqizilgan. Biroq okrug sherifi u kasalxonada vafot etganini ma’lum qilgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilinmoqda.
4-sentyabr kuni AQSHning Jorjiya shtati Uinder shahridagi maktabda otishma yuz bergandi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘lgan, 30 ga yaqin odam jarohatlangandi.
Izoh (0)