• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Gaz ishlab chiqarish pasayishi va import ortishi bilvosita soliqlar tushumi kamayishiga sabab bo‘lgan” — Mubin Mirzayev

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi.

    Mubin Mirzayev
    Foto: “Daryo”

    Majlisda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qilishicha, gaz ishlab chiqarish pasayishi va import ortishi hisobiga bilvosita soliqlar tushumi kamaygan.

    Bilvosita soliq tushumlari 2023-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 22,8 foizdan 21,4 foizgacha, ya’ni 1,4 foizga pasaydi. Bu asosan ikkita soliq turi: qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar ulushi kamaygan.

    QQS bo‘yicha birinchi yarim yillikda 17,8 trillion so‘m yig‘ilgan va tushumlar 12,3 foizga oshdi. Lekin 14 trillion so‘mlik QQS qaytarib berilgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 40 foizga oshgan.

    Misol uchun, 1000 metr kub tabiiy gazni 160 dollardan (2 million so‘mdan) import qilyapmiz. Bojxonada 240 so‘m to‘lanmoqda. Aholi va korxona tashkilotlarga 1000 metr kub tabiiy gazni 480 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha sotilmoqda. Buning hisobiga har ming metr kub uchun 60 ming so‘mdan qaytarib beryapmiz. Ya’ni 2024-yilda birinchi yarim yillikning o‘zida UzGasTrade kompaniyasiga 1 trln so‘m QQS to‘lovi qaytarib berganmiz.

    Aksiz solig‘i bo‘yicha 8 trillion so‘mlik tushum ta’minlandi. Ulushi 0,2 foizga kamaydi. Bunda ham birinchi navbatda mana shu tabiiy gazdan 1,4 trillion so‘mlik tushumlar tushmasligi sabab bo‘ldi. Buning birinchi sababi 2023-yilning olti oyida 2,3 milliard metr kub tabiiy gaz import qilingan bo‘lsa, joriy yilning mos davrida 5,2 mlrd metr kub gaz import qildi, ya’ni 2,2 baravarga oshdi. Buning hisobiga 1,3 trln so‘m aksiz solig‘i olinmadi. Prezident qaroriga asosan import qilingan aksiz soliqlariga 0 foizlik stavka o‘rnatilgan.

    Xuddi shunday o‘tgan olti oyda 13,7 milliard metr kub tabiiy gaz ishlab chiqarildi. Bu degani o‘tgan yilga nisbatan 1,4 milliard metr kub tabiiy gaz kamroq ishlab chiqarildi. Shuning hisobiga ham 104 mlrd so‘mlik aksiz soliqlari kam tushdi.

    Gaz narxi aytilmayotgandi

    O‘zbekiston 2023-yil 7-oktyabrdan Qozog‘iston hududi orqali “Markaziy Osiyo—Markaz” gaz quvurida Rossiyadan gaz sotib olmoqda. UzGasTrade va “Gazprom eksport” MCHJ o‘rtasidagi ikki yillik shartnomaga ko‘ra, respublikaga kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Mas’ullar hozirgacha gazning import narxi haqida maʼlumot bermay kelayotgan edi. 

    Mamlakatda gaz importi o‘sayotganiga qaramay, gaz eksporti to‘xtatilmagan. O‘tgan oyda 91,7 million dollarlik gaz eksporti amalga oshirilgan. Bu 2023-yilning iyuliga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p. Yaʼni o‘tgan yilning iyul oyida 63,9 million dollarlik gaz eksport qilingan.

    2024-yil yanvar–iyul oylarida respublika jami 323,1 million dollarlik gaz eksportini amalga oshirgan. 2023-yilning mos davrida esa bu ko‘rsatkich 341,9 million dollarni tashkil etgan.

    Endi subsidiya berilmaydi

    O‘zbekistonda tabiiy gaz ishlab chiqarilgan qiymatidan past narxda sotilishi hisobiga ko‘rilgan zarar davlat byudjetidan qoplab kelinadi. Joriy yil uchun mazkur salbiy farqni qoplash uchun 9,5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Yanvar–iyun oylarining o‘zida (9,3 trillion so‘m) deyarli bir yillik subsidiyaga pul berilgan.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori o‘rinbosari Shohrux Ishonqulov yil oxirigacha gaz korxonasi zarar ko‘rishda davom etsa, unga qo‘shimcha subsidiya berilmasligini aytgan edi.

    Qirg‘iziston arzon sotib olgan

    Iqtisodchi Otabek Bakirovning ma’lum qilishicha, Qirg‘iz Respublikasi tabiiy gazini har ming kubasini 112,3 dollardan xarid qilgan. Bu O‘zbekistonga nisbatan 47,7 dollarga arzon degani.

    06.09.2024, 11:25   Izoh (0)   3576
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston xorijdan gaz sotib olish hajmini besh karra oshirdi 

    21.08.2024, 13:52

    “Gazprom”: O‘zbekistonga gaz maksimal darajada yetkazib berilmoqda

    30.08.2024, 14:35

    O‘zbekiston hududlarida 2028-yilgacha elektr va gaz taqsimlash tarmoqlari xususiy operatorlarga beriladi

    04.09.2024, 18:10

    Farg‘onada fuqaro xonadonida qariyb yuzta daydi it saqlab kelmoqda (foto)

    06.09.2024, 10:30

    O‘zbekistonda talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi

    06.09.2024, 10:20

    O‘zbekistonda 7-sentyabr kuni harorat yana pasayadi

    06.09.2024, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Stomatolog ogohlantirdi: tish muammolari ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi

    Layfstayl | 12 iyun, 23:50

    Bo‘stonliqda yarim tunda do‘konga o‘g‘irlikka tushgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyun, 23:35

    Keti Perri va Orlando Blum 6 yillik munosabatlaridan so‘ng ajralishga qaror qilishdi

    Layfstayl | 12 iyun, 23:31

    Xitoyda kuniga 200 marta “otjimaniya” qilayotgan 92 yoshli ayol barchani hayratga solmoqda

    Dunyo | 12 iyun, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.