Turkiya Yevropa Ittifoqi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) o‘rtasida tanlov qilmaydi, har ikki tashkilot bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.
Siyosatchi Turkiyaning Sharq va G‘arb davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari borasidagi pozitsiyasiga izoh berdi.
Sharq bilan munosabatlarimizni mustahkamlar ekanmiz, G‘arb bilan chuqur hamkorligimizni rivojlantirish yo‘llarini ham izlaymiz. Ba’zilar ta’kidlaganidek, biz Yevropa Ittifoqi va SHHT o‘rtasida tanlov qilishga majbur emasmiz, dedi Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘on, shuningdek, Turkiya Sharq va G‘arb davlatlari bilan bir vaqtda aloqalarni rivojlantirsagina samarali davlat bo‘lishi mumkinligini aytdi. U iyul oyida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti yakunida Turkiya SHHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish niyatida ekanini ta’kidladi. Hozir u tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
- Anqara 2005-yildan beri Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman harakat qilmoqda. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanning ta’kidlashicha, Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish Anqara uchun strategik maqsaddir, biroq u Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasini Kipr muammosini hal qilish muammosi bilan bog‘lashga qarshi.
- Turkiya hukumati avvalroq Kipr masalasini faqat orolda ikki davlat mavjudligini tan olish orqali hal qilish mumkinligini aytgandi.
Izoh (0)