• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Afg'oniston

    “Do‘stlaringni o‘zingga yaqin tut, dushmanlaringni yanada yaqinroq”: siyosatshunos O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonda qurib berilayotgan madrasa haqida fikr bildirdi

    O‘zbekiston Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida qiymati 6 million dollarga baholangan madrasa qurishni boshladi. 21-avgust kunidagi tamal toshi qo‘yish marosimida Balx gubernatori o‘rinbosari Nur al-Hadi Abu Idris va O‘zbekiston bosh konsuli Farkat Nazarovlar ishtirok etgan.

    Qurilish pasporti
    Foto: “Sputnik Аfganistan”

    Ushbu madrasaning nomi “Xayr al-Mudaris Imom Buxoriy” bo‘lib, madrasa maydoni 0,6 gektarni tashkil etadi. Madrasa mingta talabaga diniy ta’lim berishga mo‘ljallangan bo‘lib, qurilish ishlari yil oxirigacha yakunlanishi reja qilingan.

    Afg‘onshunos Suhrob Bo‘ronov O‘zbekistonning Mozori Sharifda madrasa qurishi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bir qancha muhim masalalarga e’tibor qaratdi. 

    Tamal toshi qo‘yish jarayoni
    Foto: “Sputnik Аfganistan”

    Siyosatshunos qurilayotgan madrasa Afg‘onistonda islom dinining sof va ezgu mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish va targ‘ib etishda ulkan mayoq vazifasini bajarishini ta’kidlagan.

    “Mazkur madrasa bejizga ‘Imom Buxoriy’ nomiga atab qo‘yilmayapti. Afg‘onistonda to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar hali ham ko‘p ekanligi hisobga olinsa, dinimizning sof va ezgu mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish va targ‘ib etishda bu madrasa ulkan mayoq vazifani bajaradi.  Shu maʼnoda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilda o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada taʼkidlaganidek, O‘zbekiston terrorizm, ekstremizm va radikalizm mafkurasiga qarshi kurash borasida hamisha prinsipial pozitsiyaga ega bo‘lib kelgan. Bunday xavf-xatarlarga qarshi faqat kuch ishlatish usullari bilan emas, balki birinchi navbatda, ayniqsa yoshlar o‘rtasida, zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish lozim. Biz barcha xorijlik hamkorlarimizga islom dinining insonparvarlik mohiyatini aholi va ayniqsa, yoshlarga tushuntirish yo‘lida yaqin hamkorlikda ish olib borishni taklif etamiz. O‘ylaymanki, bu borada O‘zbekistonda tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston islom akademiyasining imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi”, deya yozgan afg‘onshunos.

    Shu bilan birga siyosatshunos Mozori Sharif shahridagi madrasa O‘zbekistonning Afg‘onistondagi “yumshoq kuchi” uchun poydevor bo‘lishini aytib o‘tdi.

    “Unutmaslik lozimki, bu madrasa Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida qurilmoqda. U yerda millionlab o‘zbeklar istiqomat qiladi. Kaminaga kelgan maʼlumotlarga ko‘ra, ularning tahsilini o‘zimizning o‘zbek mutaxassislarimiz yo‘lga qo‘yadi va dars jarayonlari aynan o‘zbek tilida olib boriladi. Bu ularning nafaqat ijtimoiy-psixologik, dunyoviy, balki diniy-siyosiy dunyoqarashini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. Boshqacha aytganda, bu mablag‘ aslida Afg‘onistondagi o‘zbek vatandoshlarimizga kiritilayotgan sarmoya ekanligini inobatga olishimiz lozim”, degan u.
    Siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov
    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, Suhrob Bo‘ronov “Tolibon” ortida katta kuchlar turgani, agar o‘zaro aloqalarda tinchlik bo‘lmasa, hech bir ish tatimasligini qo‘shimcha qilgan. 

    “Do‘stlaringni o‘zingga yaqin tut, dushmanlaringni yanada yaqinroq. Agar biz ‘Tolibon’ bilan mazkur masalalarda muloqotni ushlab tursak, ularning rejalari, asl maslaklaridan boxabar bo‘lib turamiz. Keyinchalik esa, shu asosda maʼlum bir strategiyani ishlab chiqishga imkon bo‘ladi. Ularning ortida katta kuchlar turibdi. Bitta haqiqatni doim yodda tutish kerak: tinchlik bo‘lmasa, hech bir ish tatimaydi. Tinchligimiz, xavfsizligimiz esa ko‘p jihatdan Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq.

    Fikri ojizimcha, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida yetarli darajada yumshoq kuch resurslarini safarbar qilsa, bu nafaqat turli vaziyatlarga munosib va kafolatli tarzda tayyor turishga yordam beradi, balki istiqboldagi muhim tashqi taʼsir vositasi bo‘lib xizmat qiladi”, deya xulosa qilgan siyosatshunos.

    Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 17-avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Kobulga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, qator masalalar muhokama qilingan.

    Foto: Hukumat portali

    Uchrashuvda Afg‘oniston tomonidan bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, bosh vazirning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy, siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiy ishtirok etgan.

    Shuningdek, muloqot davomida o‘zaro savdo aylanmasini 2024-yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan.

    23.08.2024, 12:40   Izoh (0)   21416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga oshirmoqchi

    17.08.2024, 21:50

    3 yil o‘tib: “Tolibon” o‘z va’dasini bajardimi? 

    19.08.2024, 20:59

    “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi” — Laziz Qudratov ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlar haqida

    19.08.2024, 20:20

    “Tolibon” soqol qo‘ymagan 280 dan ortiq politsiyachini ishdan oldi

    21.08.2024, 16:57

    “Biz ‘Tolibon’dan minnatdormiz”. Afg‘onistonning yangi hukumati qanday ishlarni amalga oshirmoqda? 

    16.08.2024, 22:13

    Afg‘oniston BMTning navbatdagi sessiyasida ishtirok eta olmaydi  

    13.08.2024, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.