• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qonxo‘r va jallodga chiqarilgan Qutayba ibn Muslim aslida kim bo‘lgan?

    Yaqinda Tarix instituti direktori Azamat Ziyoning bir suhbatda Qutayba ibn Muslim haqida bildirgan fikrlari turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. U so‘zlariga isbot tariqasida Imom at-Tabariyning “Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi” kitobini keltirgan. Xo‘sh, olimning aytgan so‘zlarida qanchalik asos bor? Islom tarixini o‘rgangan boshqa olimlar Qutayba ibn Muslim haqida qanday fikrda? Qutayba ibn Muslim aslida qanday shaxs bo‘lgan?

    “Daryo” ushbu savollar bilan “Hasanboy” masjidi imom-xatibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid va tarixchi Eldar Asanovga yuzlandi.

    Azamat Ziyoning aytgan so‘zlarida qanchalik asos bor?

    Eldar Asanov, tarixchi:

    — Azamat Ziyoni tanqid qilayotganlarning tanqidida ham ma’lum bir asoslar bor. Ular Azamat Ziyoni xolis bo‘lmaganlikda ayblamoqda. Biroq tanqidchilarning o‘zi ham xolis emas. Ular Qutayba ibn Muslimni oqlashni va maqtashni istamoqda. Aslida bu ham noxolislik. Tarix, fan o‘laroq, yaxshi yoki yomon degan mezonlar bilan ishlamaydi. Tarixchi “bu yaxshi, bu yomon”, degan xulosani berishi kerak emas. U faqat faktlarni o‘rganib, bir shaxsni tarixda qoldirgan izi natijasida rivojlanish yoki tanazzul bo‘lganini aytishi kerak. Tarixchidan bundan ortig‘ini talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q!

    Agar tarixchi bu mezonlardan chiqib ketsa, u tarixchiga emas, balki publitsistga aylanib qoladi. Azamat Ziyo o‘z chiqishida publitsist nuqtayi nazaridan gapirdi. Shuni unutmaslik kerak, tarix fani boshqa, publitsistika va milliy tarix boshqa! Azamat aka ko‘proq milliy tarix bilan shug‘ullangan. Milliy tarix — ma’lum maqsad uchun o‘tmishdan yulib olingan voqealar hisoblanadi. Uning maqsadi — jamiyatni millat o‘laroq tarbiyalash. Shuning uchun milliy tarix ilmiy tarix bo‘la olmaydi. Lekin shu bilan birga milliy tarixni kerak emas deb bo‘lmaydi.

    Azamat Ziyoning aytgan so‘zlarida ham asos bor. Chunki Qutayba rostdan ham qurol bilan kelgan va urush qilgan. Bu fakt. Buni yozma va arxeologik manbalar tasdiqlaydi! Lekin Qutayba ibn Muslimga jallod va qonxo‘r deb baho berish, bu faqat hissiy baho hisoblanadi. U kishi o‘z davrining odami bo‘lgan. O‘rta asrlarda hamma shunday urushlar ichida yashagan. Ya’ni urush u davr uchun normal holat bo‘lgan. Biz hozir XXI asrda, ya’ni tinchlik zamonida yashamoqdamiz. Biz uchun tinchlik odatiy hol va aynan shuning uchun urushni biz yomon deb o‘ylaymiz. Lekin bugungi axloqimizdan kelib chiqib Qutaybani oqlash ham kerak emas.

    Tarixchi Eldar Asanov
    Foto: “Daryo”
    “Bundan 150 yil oldin turkistonliklar Qutaybani urush bilan kelganini normal qabul qilgan. Chunki u vaqtlarda urush tirikchilikning asosiy manbasi hisoblangan. Bugun biz biznes va zavodlardan cheksiz foyda olishimiz mumkin. Lekin u vaqtlarda urush va savdodan boshqa daromad manbasi bo‘lmagan. Inson huquqlari va odamni hayoti XX asrning mahsuli. Buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak”, dedi tarixchi Eldar Asanov. 

    Hasanxon Yahyo Abdulmajid, “Hasanboy” masjidi imom xatibi:

    — Bismillahir rohmanir rohiym! Tarixda o‘tgan shaxslarga bugungi ko‘z bilan baho berib bo‘lmaydi. Bu narsani tarixchi olimlar juda yaxshi bilishi kerak. Qutayba ibn Muslim haqida u kishi aytgan ta’rif voqealikka zid. Masalan, Ikkinchi jahon urushi (1939-1945)da qatnashgan insonlar shu vaqtgacha taqdirlanib kelinadi. Aslida urushda nima uchun askar taqdirlanadi? Albatta, qahramonlik, jasorat ko‘rsatgani uchun. Lekin ikkinchi tomondan qarasangiz ular ko‘p odam o‘ldirayotgani uchun taqdirlanayotgan bo‘ladi.

    Qutayba ibn Muslim fiqh ilmini juda yaxshi bilgan. Notiq inson bo‘lgan. Shuning uchun askarlari, hatto turklarning ko‘pi u kishini yaxshi ko‘rgan. To‘g‘ri, Qutayba ibn Muslim jangchi inson bo‘lgan. Biroq shu bilan birga ilm ahliga hurmati baland bo‘lgan va o‘zi ham ilmga qiziqqan.

    Azamat Ziyo o‘z gaplariga asos sifatida at-Tabariyning “Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi” asarini keltirgan. Uning kitobida Qutayba ibn Muslim haqida yana qanday ma’lumotlar uchraydi?

    Hasanxon Yahyo Abdulmajid:

    — Imom Tabariy muhaddis, mufassir, tarixchi, islom olamidagi yirik allomalardan biri bo‘lgan. Islom ulamolari yozgan kitoblarni o‘rganishning o‘z qoidalari bor. Mening bilishimcha, islom tarixini o‘rganishda asl manbalarga murojaat qiladigan tarixchi yo‘q. Imom at-Tabariyning kitoblarini o‘qigan insonlar asl manbani o‘qiganmi? Agar ular Tabariyni kitob yozish borasidagi aytgan qoidalarini inobatga olganida, natija bunday bo‘lmas edi. Imom at-Tabariy “Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi” kitobining muqaddimasida o‘quvchiga xitob qilib shunday deydi:

    “Bizni bu kitobimizni o‘qiydigan o‘quvchi bilsinki, men yozgan tarixiy voqealarimga o‘z fikrimni qo‘shmasdan yozdim. Eshitganlarimni yozdim, o‘quvchining o‘zi bu xabarlarni tahlil qilib olsin”.
    Hasanxon Yahyo Abdulmajid, “Hasanboy” masjidi imom xatibi:
    Foto: “Daryo”

    Shuning uchun ham u kishi o‘z kitoblarida bir-biriga zid bo‘lgan xabarlarni keltiradi. Imom at-Tabariy o‘zi keltirgan rivoyatlarga kamdan kam munosabat bildirgan. Doim u kishi bu xabarni falonchidan eshitdim deb, xabarni o‘zini yozib ketgan. Dastlab, hadis va tarixga oid xabarlar qog‘ozga tushirilganida, tahlil qilinmagan. Tabariy bir insondan eshitdim deb yozib ketavergan. Lekin u odam kim? Manbani ishonchli ekanligiga to‘xtalmaydi.

    Eldar Asanov, tarixchi:

    Qutayba ibn Muslim faqatgina bizni mintaqa uchun ahamiyatli shaxs hisoblanadi. Bo‘layotgan bahslar bahonasida uning rolini oshirib yubormaslik kerak. U xalifalik miqyosida unchalik yirik shaxs bo‘lmagan. Qutayba yashab o‘tgan davrda qanchadan qancha buyuk insonlar o‘tgan. Masalan, uning o‘zi Iroq noibi al-Hajjoj ibn Yusufga bo‘ysungan. Shuning uchun Qutayba ibn Muslimga keskin katta rol berilmagan.

    Imom at-Tabariy o‘z kitobida hamma narsani boricha yozib ketgan. Ya’ni falon joyda qon to‘kildi, faloncha odam o‘ldi, deb yozgan. Bu o‘sha davr uchun normal holat bo‘lgan. Mana shu narsani biz unutmasligimiz kerak. Agar hozirgi axloqimiz bilan baho bersak, u davr odamlarini tushunmasligimiz mumkin.

    Picture background
    Arab suvoriylari
    Foto: Dzen

    — Movarounnahr hududida islomning yoyilishi borasida ham turlicha qarashlar mavjud. Aslida bu hududlarda islom qanday yoyilgan?

    Hasanxon Yahyo Abdulmajid:

    — Ayrim manbalarda Qutayba ibn Muslim kelgach, bu yerdagi xalqlarni pul bilan musulmon qildi, degan iddaoni qilishadi. Emishki, masjidga kirgan odamlarga 3-4 tanga berilgan va odamlar shuning uchun islomni qabul qilgan. Manba sifatida Imom Tabariy va Ibn Kasirning kitoblarini keltirishadi. Man shu rivoyatlarni topib o‘rgandim. Talqin umuman boshqa bo‘lgan. Bu yerda insonlarga pul berilmagan, shunchaki dinga kirgani uchun tortiq qilingan. Aslida ular chin qalbdan musulmon bo‘lishgan. Hozir ham bir inson iymon keltirib musulmon bo‘lsa, xursandchilik qilib bir to‘n kiydiramiz. Shunga o‘xshab ozgina sovg‘a berilgan.

    Nima, odamlarni kuch bilan dinga kiritsa bo‘lmasmidi? Masalan, kommunistlar bir kishini xonaga olib kirib “xudo bormi yoki yo‘q” deb so‘roq qilib, bor degan barchani qatag‘on qilgan. Shunday qilsa bo‘lmasmidi, axir qo‘lida kuch bor edi? Islomda bunday uslub bo‘lmagan!

    Yana bir rivoyatni ham noto‘g‘ri talqin qilishadi. Emishki, Qutayba ibn Muslim bir kuni odamlarning but-sanamlarini yig‘ib, yoqib yuborgan. Agar shu rivoyatning asl manbasiga murojaat qilsangiz, o‘sha voqeadan oldin jang bo‘lgan. Qutayba jangda o‘lja sifatida qo‘lga tushgan bud-sanamlarni yoqib yuborgan. Chunki bud-sanam musulmon kishiga mulk bo‘lmaydi. Shuning uchun yoqib yuborilgan.

    Azamat Ziyo aytgan kalla olish voqeasiga o‘xshash bir voqea Qutayba ibn Muslim Poykant shahriga kelganida sodir bo‘lgan. Menimcha, u kishi shu voqeani nazarda tutgan bo‘lsa kerak? Dastlab Qutayba Poykant aholisi bilan sulh tuzib, ularga o‘z ukasini amir qilib qoldiradi. Shundan bir qancha vaqt o‘tgach, Qutaybaga xabar yetadiki, Poykant aholisi sulhni buzib, Qutayba qoldirgan odamlarni o‘ldirib yuborgan bo‘ladi. Ana shundan keyin Qutayba shahar aholisi bilan qayta jangga kirib, asir tushganlarni o‘ldiradi. Qadimdan asir olingan insonlarni taqdiri urush olib boruvchi odamga havola bo‘lgan.

    Picture background
    Andijondagi Qutayba ibn Muslim ziyoratgohi
    Foto: “oz.sputniknews.uz”

    Eldar Asanov:

    — Qutayba ibn Muslimni bosqinchi va qonxo‘r deyish Sovet Ittifoqi davridan qolib ketgan. Buni ikkita sababi bor. Birinchisi — marksizmda oddiy ishchilar sinfi ichki ekspluatatorlar va tashqi ekspluatatorlarga qarshi kurashishi kerak. Ichki ekspluatatorlar — bular shohlar va feodallar. Tashqi ekspluatatorlar esa bosqinchilar. Sovet mafkurasiga ko‘ra, ularga qarshi hamisha mardonavor kurashish kerak. Shunday bo‘lganini isbotlash uchun esa tarixdan misollar keltirilgan. Bunga misol sifatida ahamoniylar, mo‘g‘ullar va arab bosqini keltirilgan. Lekin ruslar tilga olinmagan. Ularga qarshi kurashgan qahramonlarni esa terib-terib olib chiqilgan. Ayni shu vaqtda Muqanna qahramon sifatida ko‘tarilgan.

    Arablar turkiy xalqlarni bo‘ysundira olmagan. Turkiy xalqlar 100 yil davomida arablarga qarshilik qilgan. 751-yilda Talas jangida arablar Xitoy qo‘shinlarining ustidan g‘alaba qozonganidan keyin qarshi tomon Movarounnahr arablarga tegishli ekanligini tan oladi. Undan keyin musulmon voizlari turk dashtlariga borib, qabilalarni islomga targ‘ib qila boshlaydi. Ayrim turk xoqonlari islom dinini qabul qiladi. Shundan so‘ng turklar islomni himoya qiladigan asosiy kuchga aylanadi. Misol uchun, Sotuq Bug‘roqxon Abdulkarim katta avliyo zot hisoblanadi. U kishi islomni qabul qilib, turkiy xalqlarda keng yoygan va ilk musulmon turk davlatini yaratgan shaxs hisoblandi. Menimcha, shunday shaxslarni ko‘proq olib chiqqanimiz yaxshi.

    Suhbatning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    Sardor Ali tayyorladi

    14.08.2024, 20:58   Izoh (0)   31002
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbek xalqining milliy identifikatsiyasi: o‘zbek xalqining asl ajdodlari kimlar?

    05.03.2024, 21:05

    Ubaydullaxon – Movarounnahrni Eron bosqinidan saqlab qolgan o‘zbek sultoni

    01.04.2024, 20:10

    Senat yalpi majlisida ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirish moddasi mavjud bo‘lgan qonun ko‘rib chiqiladi

    14.08.2024, 17:45

    Shu paytgacha birorta “aqlli shahar” qurmagan AQSH shirkati Nurafshonda 15 milliard dollarlik Smart City bunyod etmoqchi

    14.08.2024, 20:35

    Buxoro va Farg‘onada “valyutchik”lar ushlandi

    14.08.2024, 18:55

    “Ehtiyojmand insonlarning xohishi va imkoniyatini qo‘llab-quvvatlab, hayotga, jamiyatga olib kirish zarur” — prezident

    14.08.2024, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.