Fransiyaning Parij shahrida erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Razambek Jamalov Olimpiada oltin medalni qo‘lga kiritdi.
![](/static/2024/08/11/gettyimages-2165723822-2048x2048-xagmovX0.jpg)
Kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Razambekning muvaffaqiyati UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedovni ham befarq qoldirmadi.
U Instagramdagi sahifasida Razambekni tabrikladi.
“Tabriklayman, Olimpiada chempioni”, - deb yozdi Habib Ramazbek suratini joylab.
![](/static/2024/08/11/308128_original-jzOWrd9q.jpg)
Ma’lumot uchun, Ramazbek Jamalov 2024-yil fevral oyidan O‘zbekiston terma jamoasiga jalb etilgan.
-74 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi finalda yaponiyalik Daichi Takatanini mag‘lubiyatga uchratib bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)