Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro‘y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.
O‘zbekiston Yaponiya tomonining “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitini o‘tkazish va bosh vazir Kisidaning joriy yil 10—11-avgust kunlariga rejalashtirilgan O‘zbekistonga rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishi taʼkidlandi.
Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi.
Izoh (0)