Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,99 so‘mga ko‘tarilib, 12 594,85 so‘m bo‘ldi. Yevro 179,05 so‘mga oshib, 13 793,88 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,71 so‘mga ko‘tarilib, 148,33 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 581,86 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)