Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida Olimpiya o‘yinlari bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqaning futbol bellashuvlari chorak final bosqichi doirasidagi Fransiya – Argentina uchrashuvida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar ish olib boradi.
Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynulin yordam beradi.
Mazkur bahs 3-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Ushbu bahs Tantashev boshchiligidagi hakamlarning Parijdagi musobaqadagi uchinchi o‘yini hisoblanadi. O‘zbekistonlik hakamlar guruh bahslarida Fransiya—Gvineya hamda Paragvay—Mali uchrashuvlarini boshqardi.
Izoh (0)