Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonlik kamonchi Ziyodaxon Abdusattorova pley-off bosqichida dastlabki bahsini o‘tkazdi.
Chexiyalik Mariye Xorachkova bilan bellashgan Ziyodaxon 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va yakkalik dasturidagi ishtirokini shu nuqtada yakunladi.
Biroz avval Amirxon Sodiqov italiyalik Mauro Nespoliga qarshi bellashib, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh (0)