Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar parlament yalpi majlisida tanaffusga chiqish masalasini uzoq muhokama qildi. Oxir-oqibat kamchilik ko‘pchilik ustidan g‘alaba qozondi.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyevning yozishicha, ushbu vaziyatda spiker to‘g‘ri qaror qabul qildi.
Maʼlum qilinishicha, aslida, yalpi majlisni o‘tkazish bilan bog‘liq reglamentga ko‘ra, tanaffus eʼlon qilinishi masalasi ovozga qo‘yilmaydi.
“Biroq bugun raislik qiluvchi deputatlarning fikri, nuqtayi nazarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildi. Agarda deputatlarning 100 foizi majlis davom ettirilishini qo‘llab-quvvatlaganida, yig‘ilish, shubhasiz, davom ettirilgan bo‘lar edi”, deb yozdi Odiljon Tojiyev.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosariga ko‘ra, 22 nafar deputat tanaffus eʼlon qilinishini maʼqullab, ovoz berdimi, demak, kamida shuncha vakil qonun loyihalarini sust kayfiyatda ko‘rib chiqardi.
Izoh (0)