Qarshi shahar FVBga 20-iyul kuni soat 18:00 larda “Alp Texno servis” xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish binosida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Shunga ko‘ra, qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:10 larda to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida binoning taxminan 1600 kvadrat metr maydoni yonib zarar ko‘rgan, 1500 metr kvadrat qismi yong‘indan asrab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)