• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkiyada hukumatni to‘ntarishga urinish: bu qanday sodir bo‘lgan edi?

    Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i proffessor Fahrettin Altun 2016-yil 15-iyul kechasi Turkiyada hukumatni ag‘darishga qaratilgan urinish qanday sodir bo‘lganini yodga oldi.

    “2016-yil 15-iyul kechasi Turkiyada demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatni ag‘darishga qaratilgan xoinona davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirildi. Fathullohchi terror tashkilotining to‘ntarish tashabbusi Istanbuldagi ko‘priklarning yopilishi va tanklarning ko‘chalarga kirishi bilan boshlandi.

    Ko‘plab davlat muassasa va tashkilotlari, boshda Turkiya Buyuk Millat Majlisi, Prezident majmuasi va Anqara viloyati Xavfsizlik boshqarmasi bombardimon qilindi. Tez orada bu voqealarning alohida hodisa emas, balki muvofiqlashtirilgan hujum ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Fathullohchi terror tashkiloti (FETÖ), hurmatli prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirish maqsadida hujum qildi. Prezidentimizning milliy televideniye orqali qilgan chaqirig‘idan so‘ng xalqimiz o‘z demokratiyasini himoya qilish uchun maydonlarga chiqdi. Millionlab fuqarolarimiz tun bo‘yi davlat to‘ntarishini rejalashtirgan terror tashkilotiga qarshi kurashdi.

    16-iyul tongida Turk Qurolli kuchlari, Xavfsizlik bosh boshqarmasi va o‘z demokratiyasini himoya qilgan xalqimizning saʼy-harakatlari bilan xiyonatkorona to‘ntarish tashabbusi bostirildi va to‘ntarish tashabbuskorlari qo‘lga olindi. Harbiy va noharbiy aholidan jami 252 vatandoshimiz shahid bo‘ldi, 2740 fuqaromiz esa jarohatlandi. 15-iyul kechasi Maxsus kuchlar qo‘mondonligini himoya qilish uchun joni evaziga qarshilik ko‘rsatgan va to‘ntarishning asosiy jamoasi tarkibida bo‘lgan generalni ta’sirsiz holga keltirgan shahid O‘mer Halisdemir kabi qahramonlar to‘ntaruvchilarga qarshi to‘siq bo‘ldi. Fuqarolarimiz yopilgan Bo‘g‘oz ko‘prigida hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, ularning joniga qasd qilishga uringan hukumat to‘ntaruvchilarini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu xalqimizning hamjihatligi, azm-u shijoati sinovdan o‘tgan tarixiy lahzalardan biridir.

    Turkiya hukumati hukumat to‘ntarishiga urinishning dastlabki daqiqalaridanoq tartibni o‘rnatish va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rdi. Bu jarayonda prezidentimiz va hukumat vakillarining bayonotlariga ko‘ra to‘ntarish tashabbusining, qo‘mondonlik tuzilmasining nazoratidan tashqarida — Turk Qurolli kuchlari ichiga kirib kelgan noqonuniy bir guruh tomonidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.

    To‘ntarish tashabbusi ortida FETÖ tashkiloti turgani aniqlandi. AQSHda istiqomat qiluvchi tashkilot rahbari bu xiyonatni davlat ichidagi parallel tuzilmasi yordamida amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

    G‘alaba nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda demokratiya tarixidagi eng sharafli qarshilik ko‘rsatishlardan biri sifatida qayd etildi.

    Bugun ham kurashini davom ettirayotgan Turkiya, ayniqsa, chet elda yashiringan qochqinlar va FETÖ yetakchilarining ekstraditsiya qilinishi mavzusida do‘st va ittifoqdosh davlatlardan birdamlik kutmoqda. Xalqaro hamjamiyatda Turkiyani qo‘llab-quvvatlagan va birdam bo‘lgan davlatlar ko‘p bo‘lsa-da, to‘ntarish tashabbusiga ba’zi ittifoqchilarimizning javobi yetarli bo‘lmadi.

    Bu davlatlarning ommaviy axborot vositalarida davlat to‘ntarishiga urinishning yoritilishi ham Turkiya davlatini qanoatlantiradigan darajada bo‘lmadi. Xalqaro mas’uliyatli G‘arb ommaviy axborot vositalari 15-iyul kechasi sodir bo‘lgan voqeani soddalashtirishga harakat qildi. Mamlakatimiz demokratiyasini nishonga olgan qonli to‘ntarish tashabbusini “ikki tomon o‘rtasidagi to‘qnashuv” shaklidagi haqqoniy bo‘lmagan ibora bilan xabar qildilar.

    15-iyuldagi xoinona hukumat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, Pensilvaniyada uya qurgan tashkilot rahbarini ekstraditsiya qilish uchun ko‘plab urinishlarga qaramay, ittifoqdoshimiz AQSHdan ijobiy javob ololmadik. Demokratiyamizga rahna solguvchi tahdid bor paytda bunday pozitsiya egallash biz uchun afsuslanarli bo‘ldi.

    Biz bilamizki, FETÖ ittifoqdosh davlatlarimiz bilan bir qatorda keng miqyosdagi mintaqalarda faoliyatini davom ettirmoqda. Nafaqat Turkiya, balki uning chegaralaridagi barcha davlatlarning xavfsizligiga tahdid solayotgan bu terror tashkilotiga qarshi har sohada kurashni davom ettiramiz.

    Xoinona to‘ntarish tashabbusidan keyin demokratik tashkilotlarni yanada mustahkamlagan davlat sifatida fuqarolarimizning hayotini va mamlakatimiz mustaqilligini har sohada nishonga olgan terror tashkilotiga qarshi kurashni davom ettiramiz.

    O‘sha qonli kechada jonini fido qilgan fuqarolarimiz xotirasini Turkiyaning mustaqilligi va istiqbolini himoya qilgan holda sharaflashda davom etamiz”.

    Proffessor, doktor Fahrettin Altun
    Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i

    15.07.2024, 15:44   Izoh (0)   3956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Meni yo omad qutqarib qoldi yoki xudo” — Tramp o‘ziga uyushtirilgan qotillik haqida

    15.07.2024, 15:13

    Astronomlar yashash uchun yaroqli sayyorani aniqladi

    15.07.2024, 14:40

    Nepalda yuz bergan avtobus halokati oqibatida 55 kishi bedarak yo‘qoldi

    15.07.2024, 13:25

    Somalidagi teraktda 5 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi

    15.07.2024, 13:05

    Nepalda kommunistik partiya rahbari mamlakat bosh vaziriga aylandi

    15.07.2024, 11:59

    Yaman husiylari Adan ko‘rfazidagi Isroil kemalariga ballistik raketalar bilan zarba berdi 

    15.07.2024, 11:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.