Prezident Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda “Tashabbusli byudjet” doirasidagi ko‘plab loyihalar ishi hali boshlanmaganini tanqid qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda “Tashabbusli byudjet” doirasida Farg‘onadagi 266 ta loyihaga 340 milliard so‘m ajratildi. Lekin uch oydan beri ko‘plab loyihalar bo‘yicha hali amaliy ish boshlanmagani tanqid qilindi.
Shu oyning o‘zida “Tashabbusli byudjet”ga viloyat byudjetidan hozirgacha berilmagan mablag‘larni o‘tkazib berish topshirildi. Buning hisobiga 35 ta mahalladagi elektr, gaz va yo‘l masalasi hal bo‘ladi.
Shuningdek, tumanlar mahalliy byudjetida mablag‘ni ko‘proq qoldirish maqsadida jismoniy shaxslardan daromad solig‘ining yarmini tuman byudjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.
Izoh (0)