Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2024-yilgi Amerika Kubogi uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini aytdi.
“Haqiqat shuki, Amerika Kubogi biz uchun qiyin bo‘lmoqda, chunki jamoalar har qachongidan ham teng o‘yin ko‘rsatmoqda, maydonlar juda yomon, harorat juda yuqori... Di Mariya va Otamendi bilan so‘nggi Jahon chempionatida o‘ynadik va endi qit’a kubogida ham so‘nggi o‘yinlarimizni o‘tkizyapmiz va bundan to‘liq zavqlanyapmiz”, — deya Messining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Lionel Messi sardorlik qiladigan Argentina terma jamoasi 2024-yilgi Kubok finalida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turnirning final uchrashuvi 15-iyulga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Amerika Kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa 2021-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan turnirda g‘olib chiqdi. Finalda Argentina terma jamoasi Di Mariyaning goli evaziga Braziliyani minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Izoh (0)