Yevropa chempionati finalini boshqaradigan hakamlar e’lon qilindi.
14-iyuldan 15-iyulga o‘tar kechasi 00:00 da start oladigan Ispaniya va Angliya o‘rtasidagi final o‘yinini fransiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Fransiyalik Fransua Leteskye uchrashuvning bosh hakami bo‘lsa, unga qanotda vatandoshlari Siril Munye va Mehdi Rahmuni yordam beradi. Shimon Marchinyak (Polsha) zaxira hakami sifatida qayd etilgan.
VAR tizimida fransiyalik Jerom Brisar ishlaydi. Villi Delajo (Fransiya) va Massimiliano Irrati (Italiya) assistentlik qiladi.
Izoh (0)