Xitoy farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma‘lum qilinishicha, O‘zbekiston bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals kompaniyasi bosh direktori Nin Na muzokara o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, o‘zbek sheriklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya delegatsiyasining O‘zbekiston viloyatlarida dorivor o‘simliklar yetishtirish investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida mamlakatga safarini tashkil etish taklifi bildirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya 1662-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoy an’anaviy dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya Fortune-500 yirik korxonalar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Uning ishlab chiqarish korxonalarida 1200 dan ortiq xodim savdo, marketing va dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)