“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024-yilgi II mavsumiga 6-iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda:
- loyihalar kiritish 6–26-iyul;
- loyihalarni saralash 26-iyul–15-avgust;
- targ‘ibot qilish 15–22-avgust;
- ovoz berish 22-avgust–1-sentyabr kunlari davomida o‘tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024-yildagi 1-mavsumi g‘olib loyihalari aprel oyida e’lon qilingandi. Respublika bo‘ylab 2 254 ta mahalla bo‘yicha jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 3,3 trillion so‘m yo‘naltirilgan.
Izoh (0)