Lionel Messi Amerika Kubogi chorak final bahsi oldidan mashg‘ulotlarga qaytdi.
Argentina hujumchisi guruh bosqichidan o‘rin olgan Chiliga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Jarohati jiddiy bo‘lmasa-da, Leo Peruga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Dushanba kuni Messi umumiy guruhda mashg‘ulotlar o‘tashni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina Amerika Kubogining chorak finalida Ekvadorga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 5-iyul tongida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)