Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 13-iyun kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” va Hyundai Rotem kompaniyasining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Hyundai Rotem kompaniyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida prezident farmoniga muvofiq, Koreya Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi ishtirokida “6 ta tezyurar yo‘lovchi elektr poyezdi sotib olish” loyihasini amalga oshirish rejasining natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Temiryo‘lekspress” va Hyundai Rotem kompaniyasi o‘rtasida elektr poyezdlarini yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Uchrashuv davomida Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyaning elektropoyezdlari “Jaloliddin Manguberdi” deb nomlandi va Toshkent—Urganch—Xiva yo‘nalishida qatnashi bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Temiryo‘lekspress” va Hyundai Rotem kompaniyalari o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi.
Izoh (0)