Iroqda 13-iyun kuni neftni qayta ishlash zavodida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Rudaw xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zavod Erbil provinsiyasida joylashgan. Uni bartaraf etishda 35 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchilar ishtirok etmoqda.
“Erbildagi neftni qayta ishlash zavodida kuchli yong‘in chiqdi. Kechqurun neftni qayta ishlash zavodining asfalt omborida kuchli yong‘in boshlandi”, — deyiladi xabarda.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, kamida bir kishi jarohatlangan. Yong‘in sabablari noma’lum. Hodisaga nima sabab bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)