“Milan” “Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuni ijaraga olmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio.
Manbaga ko‘ra, “Rassoneri” London klubi bilan shartnoma imzolash niyatida bo‘lgan, biroq “Milan” kelishuv ustida ishlashda davom etadimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Bunga sabab ingliz klubi hujumchini qo‘yib yuborishga hozircha tayyor emas.
Lukakuning transferiga belgiyalik hujumchi bilan avval “Inter”da ishlagan Antonio Konte boshchiligidagi “Napoli” ham qiziqmoqda.
Lukaku 2023—2024-yilgi mavsumda “Roma”da ijara asosida o‘ynagan edi. 31 yoshli hujumchi 47 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Belgiyalik hujumchi “Chelsi”ga 2021-yilning avgustida 113 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Izoh (0)