Irlandiya Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi.
Bu haqda Irlandiya tashqi ishlar va mudofaa vaziri Mishol Martin ma’lum qildi.
“Bugungi hukumat qarori Falastin davlati bilan to‘liq diplomatik aloqalar o‘rnatishga imkon beradi”, — dedi u.
Martinning ta'kidlashicha, Falastin hukumati Dublinga rasmiy so'rov yuborganidan so'ng, Irlandiyadagi Falastin diplomatik missiyasi maqomi elchixona darajasiga ko'tariladi.
Shuningdek, Irlandiyaning Ramallohdagi diplomatik missiyasi ham elchixonaga aylantiriladi.
22-may kuni Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore mamlakat Falastinni davlat sifatida rasman tan olishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Ispaniya ham shunday qadam tashlashga tayyorligini bildirgan.
Izoh (0)