Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan uchirilgan raketa Sariq dengiz ustida ko‘plab bo‘laklarga bo‘linib ketganini qayd etdi.
Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Yaponiyaning NHK telekanali avvalroq Xitoy va KXDR chegarasi yaqinida osmonda portlashga o‘xshash yorqin chaqnash tasvirini namoyish qilgan edi.
Raketa bo‘laklari tushishi taxmin qilingan hududlar Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqarida joylashgani xabar qilingan.
Izoh (0)