“Rubin” yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev klub bosh murabbiyi Rashid Rahimovning ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Albatta, men Rashid Rahimovning “Rubin”da qolishini istardim. Lekin u ushbu mavsumdan keyin jamoada qola oladimi yoki yo'qligini ayta olmayman. Bu mening ishim emas. Men Rashid Rahimov bilan ishlashdan mamnunman va u bilan birga o‘sayotganimni his qilyapman”, — dedi Rahmonaliyev “Chempionat” muxbiri Vladislav Kruglov bilan suhbatda.
RPLning 29-turi doirasida “Rubin” 19-may kuni safarda “Spartak”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Rossiya chempionatining 29-turidan so‘ng “Spartak” 49 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinda bormoqda. “Rubin” shuncha o‘yindan 41 ochko jamg‘arib, yettinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)