“Toshkent-3” terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar 15-maydan boshlab avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bedi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda.
2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.
Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi. Uzoqroq vaqt to‘xtash lozim bo‘lsa, avtoturargohdan foydalanish kerak.
Izoh (0)