Lego smoking kiygan mushuk ko‘rinishidagi yangi konstruksiya to‘plamini taqdim etdi. Loyiha konsepsiyasini 2022-yilda Lego Ideas platformasidagi muxlislardan biri taklif qilgan.
![](/static/2024/05/10/scale_1200-9Ed3VjUt.jpeg)
To‘plam jami 1710 qismdan iborat. “Smoking kiygan mushuk” nomli konstruktorga qo‘shimcha ravishda ikki xil rangdagi: ko‘k yoki sariq ko‘zlar beriladi. Konstruktor interaktiv o‘yinchoq bo‘lib, og‘zini ochib, yopa oladi, boshini o‘ng va chapga buradi. Uning quloqlari, panjalari va dumini turli holatga keltirish mumkin.
![](/static/2024/05/10/lego3-dMd5roKE.jpg)
![](/static/2024/05/10/scale_1200 (1)-bUZzKUGl.jpeg)
Konstruktor-mushuk modeli Miro laqabli mushukdan andoza qilib olingan. Loyiha muallifi yangi konstruktor haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
Mening asosiy maqsadim ko‘plab detallardan iborat va real hayvonga o‘xshab ketadigan mushuk ko‘rinishidagi o‘yinchoqni yaratish edi, chunki loyiha juda keng maqsadli auditoriya uchun mos keladi.
![](/static/2024/05/10/lego-pervyi-variant-EFQGgqmc.jpg)
O‘yinchoq qora va och jigarrang ranglarda ishlab chiqariladi. Haqiqiy Miro mushugi esa siam va birman zotlariga tegishlidir.
![](/static/2024/05/10/lego4-sVzLTsmj.jpg)
Yangi to‘plam joriy yilning 1-iyunidan sotuvga chiqariladi. Smoking kiygan mushuk ko‘rinishidagi o‘yinchoq narxi 99 dollarga baholangan.
Izoh (0)