Turkiyada o‘qituvchilarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jinoiy jazo ikki barobar oshiriladi. Ta’lim sohasi vakillarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi tez orada parlamentga yuboriladi. Bu haqda respublika prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xabar berdi.
O‘qituvchilarimizga qarshi jinoyatlar uchun jinoyat qonunchiligida ko‘zda tutilgan jazolar ikki baravar oshiriladi, — deb yozdi Turkiya rahbari X sahifasida.
Shuningdek, u xususiy ta’lim muassasalarida ishlayotgan ta’lim sohasi vakillariga nisbatan zo‘ravonlik davlat amaldorlariga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar toifasiga kiritilishini ta’kidlagan.
Erdo‘g‘onning mahalliy maktablardagi zo‘ravonliklarga qarshi chora ko‘rish qarori 7-may kuni Istanbuldagi xususiy litsey direktorining 17 yoshli iroqlik muhojir tomonidan o‘ldirilishi ortidan jarang sochdi. Bu jinoyat Turkiyada katta norozilikka sabab bo‘lgan.
10-may kuni butun mamlakat bo‘ylab o‘qituvchilar hududda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, ta’lim vaziri Yusuf Tekinning iste’fosini talab qilib, bir kunlik ish tashlash o‘tkazgan. Ommaviy miting ishtirokchilari Istanbul va Anqarada ham markaziy hokimiyatni migratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 3,5 millionga yaqin qochqin mavjud, ularning aksariyati Suriyadan kelgan.
Izoh (0)