Germaniya va Polshadagi yirik aviakompaniyalar Isroil poytaxtiga reyslarni bekor qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Yaqin Sharqda yangi havo hujumlari sodir bo‘lishi ehtimoli kompaniyalarni shu qarorni chiqarishga majbur qilgan. Rasmiylar qisqa fursatda yana reyslar tiklanishini maʼlum qilgan.
Oldinroq Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Tel-Avivga reyslarini bekor qilgan edi. Shu bilan birga, kompaniya butun Yaqin Sharq hududida parvozlarini to‘xtatgan yoki cheklagan.
Shuningdek, Polshaning LOT aviakompaniyasi 19-aprel kuni Tel-Aviv va Bayrutga reyslarni to‘xtatgan. Parvozlarni qayta tiklash masalasi yakshanba kuni ko‘rib chiqilishi maʼlum qilingan.
Qator Yevropa aviakompaniyalari 30-aprelga qadar Yaqin Sharqqa parvozlarni to‘xtatgan. Kompaniyalar rahbariyatlari siyosiy taranglik yumshashi bilanoq qaror qayta ko‘rib chiqilishini maʼlum qilgan.
Izoh (0)