Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rustam Davutovich 1982-yil Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012-yilda esa Bank-moliya akademiyasini iqtisodiyot, bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, iqtisodchi.
Tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mazkur lavozimda 2021-yildan beri To‘lqin Otamurodov ishlab kelayotgandi. U ham “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)