O‘zbekistonga 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazini yetkazib berish hajmi 2023-yilga nisbatan qariyb uch barobar ortadi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
![](/static/2024/03/28/frame-68-2024-03-28t110714.802-q2nMt_Yq.jpg)
“Gazprom” va Qozog‘iston hukumati o‘rtasida imzolangan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida Rossiya gazining O‘zbekistonga yillik tashish hajmini 2023-yildagi 1,28 milliard kub metrdan 2024-yilda 3,8 milliard kub metrga oshirish belgilandi, — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonga Rossiyadan gaz importi
2023-yil 7-oktyabrdan O‘zbekiston Qozog‘iston hududi orqali “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvurida Rossiyadan gaz importini boshlagan edi. UzGasTrade va “Gazprom eksport” MCHJ o‘rtasidagi ikki yillik shartnomaga ko‘ra, kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston hukumatining “2024-yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2024—2030-yillarda magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish dasturi birinchi bosqichida 500 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Shu orqali tabiiy gaz qabul qilishni kuniga 32 million kub metrgacha oshirish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)