Dominikan Respublikasidagi qamoqxonada yuz bergan yong‘ini oqibatida 11 nafar mahkum halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hodisa 20-mart kuni kechki payt sodir bo‘lgan. Qamoqxona rasmiylari favqulodda yuzaga kelgan yong‘inni nazorat qilishning uddasidan chiqa olmagan.
Yong‘in yuzaga kelgan “La Viktoriya” milliy qamoqxonasi poytaxt Santo-Domingodan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. Yong‘inni yuzaga keltirgan sabablar aniqlanmagan.
Voqea oqibatida yaralangan va tutundan aziyat chekkanlar yaqin atrofdagi harbiy kasalxonaga joylashtirilgan. Qamoqxonada hukmni o‘tayotgan 300 dan ortiq mahbus boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilgan.
Mamlakat bosh prokuraturasi voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlanganini maʼlum qilgan.
Izoh (0)