“Dyuna. Ikkinchi qism” filmi nafaqat rejissyor Deni Vilnyov karyerasidagi, balki jahon prokatidagi eng ommabop filmga aylandi. Bu haqda People Talk nashri xabar bermoqda.
![](/static/2024/03/19/dune-part-2-header-0QQUNNxS.webp)
Sikvelning AQSH va butun dunyodagi umumiy prokati 2021-yilda chiqqan “Dyuna” ning birinchi qismi (433 million dollar) dan ham o‘zib ketdi.
![](/static/2024/03/19/Dune-10-Oscar-Nominations-SdVmCkAW.webp)
Film ilk bor AQSHda namoyish etildi va uch kun ichida 81,5 million dollar to‘pladi. Taxminan ikki hafta davomida filmning kassa daromadi salkam 500 million dollarni tashkil etdi.
![](/static/2024/03/19/DUNEFILM2810_rev1DU10412rv3_High_Res_JPEG-yh_EYJxj.webp)
Filmda Pol Atrid va fremenlarning afsonaviy sayohati haqida hikoya qilinadi. Ular oilasini vayron qilganlardan qasos olish va galaktikani yovuz baron Xarkonnendan qutqarish yo‘lida birlashadi.
Izoh (0)