Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida afg‘on harbiy vertolyoti urib tushirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy maʼlumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz. Asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)