Toshkent shahar Chilonzor tumanida Lacetti transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 12-mart kuni Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasida soat 16:15 larda sodir bo‘lgan. 2001-yilda tug‘ilgan A.T.ga tegishli Lacettiʼning dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)