• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bahodir Jalolov maktabi o‘z yo‘nalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Olimpiada va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki karra jahon va uch karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov O‘zbekiston sportining bayroqdori hisoblanadi. U keyingi yillarda professional boksda ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.

    O‘zbekistonda bunday chempionlar faoliyatini targ‘ib qilish, ularning namunasida yosh sportchilarni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Davlat rahbarining 2022-yil 14-martdagi qaroriga muvofiq, shunday yana bir maskan – Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu yerda xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash, buning uchun yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etish, o‘quv-mashg‘ulotlarni xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish hamda ilg‘or tajribalar asosida uning sifatini oshirib borish yo‘lga qo‘yilmoqda.

    To‘rt qavatli binoda buning uchun barcha sharoit yaratilgan. Birinchi qavatda asosiy sport zali, suzish havzasi, tibbiyot xonasi va oshxona bor. Ikkinchi qavatda psixologiya, xorijiy tillar, nazariy mashg‘ulotlar, informatika va o‘qituvchilar xonalari, shuningdek, 45 o‘rinli mehmonxona joylashgan. Uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda 235 o‘rinli yotoqxona, ma’naviyat xonasi tashkil etilgan. Shuningdek, bino yerto‘lasida avtoturargoh qurilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Boks maktabi 175 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5—11-sinflarga har yili 25 nafardan o‘quvchi saralab olinadi. Ilk iqtidorlar 2022-yilgi o‘quv yilida qabul qilingan va bugungi kunda 50 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Ular butun mamlakatdan kelgan talabgorlar orasidan saralab olingan.

    Bu maskan Yunusobod tumanidagi 259-umumta’lim maktabi bilan yonma-yon joylashgan. Yosh bokschilar umumta’lim fanlarini shu yerda o‘qiydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi o‘quvchilari 2023-yilda xalqaro va respublika musobaqalarida 26 ta oltin, 18 ta kumush, 15 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan. Bu yil ham qator turnirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maktab butun mamlakatimiz yosh bokschilari uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘ladi. Yosh istiqbolli bokschilarni tanlash va tarbiyalash bo‘yicha boshqa sport maktablari va markazlari bilan hamkorlik qilib boradi

    Shu bois maktabda yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot bo‘ldi. Muloqotga videoaloqa orqali hududlar ham ulandi.

    “Biz bu yilni Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qildik. Har doim ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratayapmiz. Ularning salohiyati, intilishi kuchli. Boks bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatoridamiz. Bu salohiyatni, iqtidorli yoshlarimizni rivojlantirish maqsadida shu maktabni tashkil etdik. Endi Bahodir Jalolov maktabi o‘z yo‘nalishida  xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim bo‘ladi. Boks metodologiyasi, diyetologiyasi, tibbiyoti, psixologiyasi hududlardagi sport maktablarida ham rivojlantiriladi”, —  dedi Shavkat Mirziyoyev. 
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Viloyat hokimlariga sport federatsiyalari bilan hamkorlikni yaxshilash, hududlarda ularning ishiga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, xususan, ularni boksga jalb etish, buning uchun maktab va to‘garaklarda sharoitlarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    05.03.2024, 16:29   Izoh (0)   57857
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    05.03.2024, 16:07

    Toshkentda avtobusda oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi 

    05.03.2024, 15:53

    O‘zbekistonda sud qarorisiz uy-joydan mahrum etish mumkin emasligi kodeksda ham belgilanadi

    05.03.2024, 14:43

    Jizzaxda ishga joylashtirib qo‘yish uchun fuqarodan 6 mln so‘m pul olgan ikki ayol ushlandi

    05.03.2024, 13:58

    Qashqadaryoda 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

    05.03.2024, 13:18

    “Milliy gvardiya maktabda faoliyat ko‘rsatishi uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi kerak” — Jamshid Muslimov

    05.03.2024, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.