Rolls-Royce kompaniyasi hozirda dunyodagi eng qimmat avtomobil hisoblangan yangi Arcadia Droptail kabrioletini taqdim etdi. Bu haqda Hypebeast xabar berdi.

Mashina singapurlik mijozning buyurtmasi bilan yaratilgan. U 600 ot kuchiga ega 6,75 litrli V12 tvin-turbo dvigatel bilan jihozlangan. Kabrioletning ichki qismi qimmatbaho charm va yog‘och bilan bezatilgan. Uni yaratish uchun Rolls-Royce xodimlari sakkiz ming soatdan ortiq vaqt sarflagan.

Bundan tashqari, ishchilar asboblar panelidagi soatni ishlab chiqish uchun besh yil, uni yig‘ish uchun esa besh oydan ko‘proq vaqt sarflagan. Rolls-Royce Arcadia Droptail korpusi o‘ziga xos oq emal bilan bo‘yalgan bo‘lib, tarkibidagi alyuminiy va shisha zarralari quyoshda kuzovni yaltiratib turadi. Mashinaning narxi 30 million dollarni tashkil etdi.




-l4MgzWxK.jpg)


Izoh (0)