• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Anʼanaviylik saqlab qolinadi, sovet davri uslubidan voz kechiladi: “Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik park loyihasi haqida

    “Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik parki loyihasini amalga oshirishda anʼanaviylik saqlab qolinishi, sovet davri uslubidan voz kechilishi ta’kidlandi.

    Markaziy Osiyo xalqaro instituti Buxoroda qurilishi rejalashtirilayotgan va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan park loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.

    Unga ko‘ra, tarixiy va etnografik parkini yaratish loyihasi sovet davrida modernizmining og‘ir “qo‘pol” uslubida yaratilgan, asosiy g‘oyasi va xususiyati tarixni unutish bo‘lgan shahar tarixiy landshaftining o‘ziga xos jihatlarini eʼtiborga olgan holda hududdan foydalanish yo‘nalishini o‘zgartirish maqsadini ko‘zlaydi. “Sovet davrining yorqin davri”ga zid ravishda o‘rta asrlarga xos shahar manzarasi agressiv qarama-qarshi qo‘yilgan janubiy yo‘nalishdagi shahar binolarini kengaytirish uchun avval foydalanilgan hududda amalga oshirishga mo‘ljallangan.

    Tarixiy shahardan janubroqda, xususan, qadimiy Sallox xon shahar darvozasi atrofida joylashgan hududdan foydalanish g‘oyasi ancha uzoq tarixga ega. Loyihani amalga oshirish uchun ajratilgan maydon tarixiy, “qadimiy” Buxoroni “yangi” sovet shahriga aylantirish g‘oyasidan foydalanib shahar manzarasini rivojlantirish hududi sifatida bir necha bor o‘rganilgan. Natijada XX asrning 60-80-yillarida ushbu hududda sovet modernizmi uslubida loyihalashtirilgan katta va baland maʼmuriy binolar, park, stadion va boshqa inshootlar qad ko‘tardiki, ular “tarixiy” Buxoroning ko‘rinishiga mutlaqo teskari va zid bo‘lgan. Hududni qismlarga ajratish qadimiy shaharning uyg‘un ko‘rinishini ataylab eʼtiborga olmasdan o‘zgartirilgan.

    XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshida hudud bir necha bor o‘zgartirilgan, baʼzan park hududiga aylantirilsa, baʼzan “eksperimental” meʼmoriy loyihalarni amalga oshirish uchun berilgan, yana boshqa payt Bosh shaharsozlik rejasidan ajralgan holda tizimsiz ravishda yangi meʼmoriy loyihalar tomonidan o‘zlashtirilgan, natijada u turli uslub va shakldagi bino va inshootlar qad ko‘targan hududga aylangan.

    Hududga tarixiy-madaniy landshaft asos hamda tarixiy markazi Buxoro bo‘lgan mantiqiy fazoviy-g‘oyaviy tarkibiy qismini qaytarish — loyihaning maqsadlaridan biridir.

    Maʼlumot uchun: shahardan tashqaridagi Sallox xon darvozasi atrofidagi ulkan hudud tarixiy xaritalarda botqoqlik sifatida beriladi. XIX asr oxirida bu yerda ozroq binolar, bog‘-rog‘lar, tomorqalar va bir nechta tuproq yo‘llar bo‘lgan, XX asrning birinchi choragida esa bu joylar dalalar va irrigatsiya kanallari bilan band bo‘lgan, bunda yo‘l tarmog‘ining asosiy yo‘nalishlari saqlanib qolgan. Shahar tashqarisida joylashgan bu yerdagi tarixiy madaniy landshaft tabiiy xususiyatlar taʼsiri ostida shakllangan: unga suvli qatlamning yer yuzasiga yaqin joylashuvi, joyning botqoqlangani taʼsir ko‘rsatgan.

    Quyida XX asrning 20-yillaridan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davrda hududni qismlarga ajratishning morfologik xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda hududdan fazoviy foydalanish diagrammasi keltirilgan. Bunga Buxoroda “Tarixiy va etnografiya parki” loyihasining tahlili ham kiritilgan.

    Asosiy vazifasi Buxoroning tarixiy markazini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgan sayyohlik klasterini rivojlantirish sifatida hududdan foydalanish loyihasi maʼmuriy markazning yangi joyga ko‘chirilishi va maydondan Buxoro shahri va viloyatining (hududida YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan yana 7 ta obida joylashgan) turistik salohiyatini rivojlantirish komponenti sifatida maqsadli foydalanish uchun topshirilishi haqidagi qaror qabul qilingandan keyin ishlab chiqilgan.

    Loyihaning ajratilgan maydon doirasida amalga oshirilishi davlat miqyosida qabul qilingan bir nechta qarorlarning qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan mantiqiy asosga ega. Masalan, hukumat qarori bilan Buxoro viloyati va Buxoro shahrining maʼmuriy markazini tarixiy markazdan ancha uzoqda joylashgan yangi joyga ko‘chirish haqida qaror qabul qilindi. Davlat ijroiya organlarining avvalgi joylashuv hududi bo‘sh va maqsadli foydalanilmay qoldi. Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotining muhim sektori sifatida turizmni rivojlantirishni jadallashtirish haqidagi farmon, shuningdek, avval davlat maʼmuriy markazi sifatida foydalanilgan maydonning maqsadli vazifasi haqidagi qarorga asosan, bo‘lajak sarmoyadorlar uchun hududdan sayyohlik klasterini rivojlantirish hududi sifatida foydalanish va Buxoro tarixiy markazini tegishli ravishda saqlashning majburiy formati belgilandi.

    Keyingi kompleks o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, binolar restavratsiya qilish va loyiha maqsadlari uchun foydalanishga yaroqli holatda emas, shu jumladan, bunga foydalanish muddatlari tugagani, ishchi maydonning kichikligi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlashning imkoni yo‘qligi ham sabab bo‘ldi.

    Kengaytirish va modernizatsiya qilish zaruriyati tug‘ilgani munosabati bilan (YUNESKO Butunjahon merosi obidalari bufer hududida buni amalga oshirish mumkin emas), Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazini “Gulchorbog‘” va “Otbozor” mahallalari hududidagi 1000 gektar maydonda joylashtirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqich doirasida 100 ga maydonda maʼmuriy markaz, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘p qavatli turar-joy binolari majmuasi, ko‘ngilochar maskanlar va xiyobonlar barpo etish belgilangan. O‘tkazilgan davlat tenderi natijalariga ko‘ra g‘olib aniqlandi. Bu bo‘lajak investor — Enter Engineering kompaniyasi.
    Buxoro viloyati hududida “Buxoro tarixiy markazi” Butunjahon merosi obyektidan tashqari, “Ipak yo‘li: Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi” transmilliy nominatsiya doirasida YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan 7 ta obida joylashgan: bular-Chashma Ayyub, Vardanze qadimiy shahri, Vobkent minorasi, Bahoviddin Naqshband meʼmoriy majmuasi, Chor Bakr maqbarasi, qadimiy Poykent shahri.

    Loyiha shahar uchun zarur bo‘lgan turizm salohiyati segmentini, shu jumladan, mahalliy aholi hamda shaharning mehmonlariga keng ko‘lamli rekreatsion salohiyat, kechki hordiq, qo‘shimcha mehmonxona infratuzilmasi (bular shaharda nihoyatida kam) kabilarni rivojlantirishni ko‘zda tutgan. Loyiha 60 foiz aholi manfaatlariga va 40 foiz mahalliy hamda xalqaro turizm segmentlariga yo‘naltirilgan. Loyihani amalga oshirish doirasida yashil qoplamalar 15-22 gektar maydonni egallaydi, bu bugungi kunda hududdagi yashil qoplamalar maydonidan 3 barobar ortiq.

    Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimining yil sayin ortib borayotgani munosabati bilan YUNESKO Butunjahon merosi obyekti “Buxoro tarixiy markazi”ga katta yuklama tushmoqda. Bu sayyohlar va Butunjahon merosi obyekti hududida yashayotgan aholini zarur resurslar bilan taʼminlashdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Resurslarning chegaralangani shunga olib keldiki, hukumat, shuningdek, viloyat va hududiy hokimiyat xorijiy sayyohlar, mahalliy aholidan ko‘plab shikoyat olmoqda, bu shikoyatlar ko‘lami ancha keng: oddiy gigiyena infratuzilmasi yetishmasligi va shaharning tarixiy qismi o‘ta gavjumligi, turli narx toifasidagi xonalar yetishmasligi, landshaft-rekreatsion va ko‘ngilochar maskanlar kamligi kabi masalalardir.

    O‘z ichiga yangi joylashtiruv joylari, mehmonxonalar, restoran, kafe, muzey, hunarmandchilik va suvenir mahsulotlar ishlab chiqarish ustaxonalari, shuningdek, kechki ko‘ngilochar va hordiq maskanlarini olgan turistik xizmatlarni taqdim etishga katta ehtiyoj mavjud.

    Buxoro shahrining tarixiy qismida hozirgi kunda faqat bitta milliy restoran “Labi hovuz” bor, u kuniga o‘zining chegaraviy imkoniyatlaridan ortiq darajadagi mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi. Hojatxona va dam olish maskanlari yetishmaydi, bu ham mavjud infratuzilma ortiqcha yuklama bilan ishlayotganidan darak beradi. Yuqori sifatli va yuqori darajadagi hordiq olishga bo‘lgan katta talabga qaramay, shaharda besh yulduzli mehmonxonalar yo‘q.

    Zamonaviy shahar turarjoy binolarining maydonlari o‘rniga davlat maʼmuriy markazining avvalgi joyini loyihani amalga oshirish joyi sifatida belgilash ham ehtimoli yuqori bo‘lgan ijtimoiy taranglik va norozilik darajasini kamaytirish maqsadini ko‘zlagan. Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, YUNESKO Butunjahon merosi obyekti yonida qurilish ishlarini olib borish imkoni yo‘qligi, shuningdek, xususiy turarjoy binolarni buzishning maqsadga muvofiq emasligi tufayli (bu ommaviy norozilikni keltirib chiqarishi mumkin), Buxoro viloyati hokimiyati Buxoroda bo‘lajak sayyohlik markazining joylashuv joyini aniqlash bo‘yicha aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

    Aksariyat respondentlar maʼmuriy markazni ko‘chirish zarurligini qayd etdi, bu ularning fikricha, mahalliy aholi uchun qulayliklar ortishi, shuningdek, shahar markaziga yuklamaning kamayishiga olib keladi va bunda turizm sohasiga hech qanday ziyon yetmaydi. Buxoroning tarixiy markazi “tarixiy va etnografiya parki” loyihasiga mantiqiy bog‘liq ravishda asosiy turizm yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Bunga qo‘shimcha ravishda barcha respondentlar shaharda “yashil” hududlar va jamoat joylarini ko‘paytirish zarurligini qayd etdi.

    Loyiha shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sektorlariga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Buxoro “Tarixiy va etnografiya” parki loyihasining asosiy funksional vazifasi – qadimiy Buxoroning boy tarixi va madaniyati, noyob moddiy va nomoddiy madaniy merosini saqlash, shuningdek, ularni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishdan iborat. Loyiha Buxoroning tarixiy markazi bilan mantiqiy bog‘liq. Bunda loyihaning vazifalari qatoriga qadimiy shahardagi mavjud jihatlarni yangi loyihaga qarshi qo‘yish, ustun qo‘yish, almashtirish emas, balki ular o‘rtasida uyg‘unlikka erishish, “tarixiy markazni” saqlab qolish, loyihani “Buxoro tarixiy markazi” qadriyatlariga moslashtirish kabilar kiradi.

    Bu samaraga eski shahar qismida mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan shaharning ijtimoiy-iqtisodiy sektorlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar seriyasini amalga oshirish orqali erishiladi. Shubhasiz, ko‘p sonli atributlarga ega bo‘lgan Butunjahon merosi obyektining buyuk universal qiymati asosiy omil hisoblanadi.

    Yangi loyiha quyidagi yo‘nalishlarda xizmatlarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi:

    • hozirda shahar tuzilmasida taqdim etilmagan premium darajadagi turizm segmentini yaratish;
    • fuqarolarning barcha yosh toifalari uchun rekreatsiyalarni rivojlantirish, bunda yoshlarga va faol dam olish turlariga alohida eʼtibor beriladi;
    • dekorativ-amaliy va xalq sanʼati bilan bog‘liq mahalliy biznesni kengaytirish uchun (raqobatlashish uchun emas) qo‘shimcha imkoniyatlar.

    Tadqiqotlar yordamida mahsulotlarni sotish uchun do‘kon, ustaxona va shogirdlarni o‘rgatish uchun o‘quv xonalari bir joyda joylashgan shaklda o‘rta asrlarning korxonaviy tadbirkorlik qilish usuli konsepsiyasini shakllantirish muammosi aniqlandi. Tadqiqotlar o‘rta asr ustaxonasi biznes tuzilmasi konsepsiyasini shakllantirishdagi muammoni qayd etdi, unda mahsulot sotish do‘koni ham, ustaxona ham, talabalarni o‘qitish uchun binolar ham bir joyda joylashgan.

    Buxoroning tarixiy qismida bu formatdagi o‘rta asrga xos ustaxonalar deyarli yo‘q. Qo‘lbola ishlab chiqarish mahsulotlari turli joylarda joylashgan. Loyiha esa ustaxonalarning anʼanaviy korxona shaklidagi tuzilishi konsepsiyasiga amal qilish uchun sharoit va imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutgan.

    Shunisi qiziqki, XIX asr va XX asr boshlarida Sallax Xon darvozasi hududida mo‘yna va terichilar, shuningdek qassoblar do‘konlari bir joyda joylashgan.

    XIX-XX asrlarda Buxoroda hunarmandchilik ustaxonalarining joylashuvi. Teri zavodlari va Sallax Xon darvozasi joylashgan joy xarita-sxemada havorang bilan belgilangan.

    Havo harorati yuqori bo‘lgan fasllarda qulay dam olish. Loyihani amalga oshirish natijasida ko‘kalamzorlashtirish, sug‘orish, favvora, anʼanaviy suv taʼminoti va suvdan foydalanish tizimlarini yo‘lga qo‘yish orqali mikroiqlimning o‘zgarishi va havo haroratining 4-5 darajaga pasayishiga erishish rejalashtirilgan.

    Buxoroning bu qismida yer osti suvlari yer yuzasiga juda yaqin joylashgan. Tarixdan bu hudud dehqonchilik va ekinzorlarni rivojlantirish uchun qulay bo‘lgan botqoqli hudud edi.

    • Mahalliy aholi va sayyohlarning kechki dam olishlari uchun sharoit yaratish;
    • yirik milliy va xalqaro tadbirlar o‘tkazish uchun imkoniyatlar va sharoitlarni yaratish.

    Ayni paytda Buxoro global va viloyat obro‘sini oshirishga xizmat qiladigan tadbirlarni o‘tkazish uchun yetarli infratuzilmaga ega emas. Shu bilan birga, 2025-yilda viloyatda zamonaviy dizayn va hunarmandchilik bo‘yicha birinchi biyennalesini o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish maqsadida ijodiy va innovatsion salohiyatni saqlash va qo‘llab-quvvatlash uchun YUNESKOning “Ijodiy shaharlar tarmog‘i” g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha platforma tayyorlash.

    Tarixiy-etnografik istirohat bog‘i hududida anʼanaviy Buxoro meʼmorchiligi va zamonaviy shaharsozlik uslublari uyg‘unligini ifodalovchi obyektlar, jumladan etnografik muzey, tarixiy kvartallar, choyxonalar va milliy taomlar restoranlari, turli hunarmandchilik do‘konlari va anʼanaviy irrigatsiya va drenaj tizimlari — ariq va hovuzlar bo‘ladi. Shuningdek, majmua markazida musiqali favvora o‘rnatish rejalashtirilgan. Loyiha “Buxoro tarixiy markazi”ning turar-joy faoliyatiga alohida eʼtibor qaratib, mahallalar farovonligini oshirishga, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy xilma-xillikni taʼminlagan holda tarixiy shaharlarni madaniy merosning muhim elementlari sifatida asrab-avaylashga xizmat qiladi.

    2025-yilda Buxoroda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu O‘zbekistonni xalqaro sanʼat hamjamiyatiga qo‘shish va uning dunyodagi madaniy-tarixiy obro‘sini oshirish imkonini berishi kutilmoqda.

    2023-yil 31-oktyabrda YUNESKO Buxoroni “ijodiy shaharlar tarmog‘iga” (UCCN) qo‘shganini eʼlon qildi. YUNESKOning “Ijodiy shaharlar tarmog‘i” dasturi 2004-yilda tashkil etilgan va har ikki yilda yangilanadi. U ijodkorlikka — barqaror shahar rivojlanishi dvigateli, ijtimoiy integratsiya va madaniyatning dunyoga taʼsirini kengaytirish uchun sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan shaharlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.

    Dastur BMT tashabbuslarini, jumladan, 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda ushbu dasturga dunyoning 300 ga yaqin shaharlari kiritilgan. “Ijodiy shaharlar tarmog‘i” yetti ijodiy yo‘nalishni qamrab oladi: dekorativ-amaliy va xalq amaliy sanʼati, dizayn, kino, gastronomiya, adabiyot, mediasanʼat va musiqa. O‘zbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi Buxoroni dekorativ-amaliy va xalq amaliy sanʼati yo‘nalishida taqdim etdi, shuningdek, Buxoroda ijodning ushbu sohasini rivojlantirishning to‘rt yillik rejasini taqdim etdi.

    Loyiha tarixiy uzluksizlik va shartlilik, tarixiy voqelikka hurmat va konsepsiyani ishlab chiqish va loyihalash jarayonida shahar tuzilmasining organik rivojlanishini hisobga olish tamoyillariga asoslanadi. O‘rta asrlarda binolar bo‘lmagan, botqoqli hudud bo‘lgan joyda amalga oshirish rejalashtirilgan Buxoro “tarixiy-etnografik istirohat parki” loyihasi ko‘rinishi va tarkibi jihatidan XIX asr — XX asr boshlaridagi davrga xos o‘simliklar va butalar ko‘p bo‘lgan ekologik maskan yaratish tamoyiliga asoslanadi.

    Loyiha doirasida shahar tuzilishini rivojlantirishni rejalashtirish o‘rta asr shahar tuzilishini ifodalovchi elementlarga asoslanadi: o‘rta asr shaharlarining o‘z vaqtida tashqi shahar devori bilan belgilangan chegaralari (hozirda yo‘q bo‘lib ketgan), rekonstruksiya qilingan Sallax Xonning darvozasi (arxeologik tadqiqotlar davomida joylashuvi aniqlangan), organik rivojlangan yo‘l tarmog‘ining yo‘nalishi, ichki ko‘chalar, mahallalarning joylashuvi.

    Turli sohalar mutaxassislari ishtirokidagi eng maqbul meʼmoriy yechimlar bo‘yicha muhokama va izlanishlar davomida loyiha Buxoroning tarixiy qismi, morfologiyasi va shahar qiyofasining yaxlitligi bilan mantiqiy bog‘liqlikdagi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Bunda Buxorodagi “eski” bino-inshootlar tuzilishi autentikligini “Tarixiy va etnologik parki”ning yangi binolarini oddiy qabul qilib, shu bilan birga ularni ana shu jihatlar asosida ajrata olish zaruriyati ham inobatga olindi.

    Turli soha mutaxassislari ishtirokida munozaralar va eng maqbul meʼmoriy yechimlarni izlash jarayonida loyiha uni shaharning tarixiy qismi bilan bog‘laydigan shakllarni oladi, loyiha tuzilishi dizayni mantig‘ini va Buxoroning tarixiy qismini, shahar qiyofasining morfologiyasi va yaxlitligini bo‘ysundiradi. Shu bilan birga, tarixiy-etnografik istirohat bog‘i loyihasining yangi binolaridan “eski” Buxoro inshootlarining muvofiqligi aniqlash qobiliyati va oddiy idrok darajasida ajratish zarurati hisobga olinadi.

    Shunday qilib, loyihada joyga xos mahalliy belgilar va parametrlar namoyon bo‘ladi, yaratilgan yangiliklar bilan birga anʼanaviylik ham saqlanib qoladi.

    28.02.2024, 21:00   Izoh (0)   12727
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Boqiy Buxoro#tarixiy-etnografik park

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.