Qatar Tashqi ishlar vazirligi vositachiligida Afg‘onistondagi Avstriya fuqarosi qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.
Ozod qilingan fuqaroning shaxsi haqida hech narsa ochiqlanmagan va u hozirda Dohada ekani aytilmoqda. Qatar tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muhammad bin Abdulaziz bin Solih Al-Xalifiy “Tolibon”ga Avstriya fuqarosini ozod qilishda hamkorlik qilgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Avstriya Tashqi ishlar vazirligi 2023-yil iyun oyida fuqarosi Afg‘onistonga safar qilganidan so‘ng “Tolibon” tomonidan hibsga olinganini ma’lum qilgan. O‘shanda Avstriya ommaviy axborot vositalari fuqaro 80 yoshda bo‘lib, ekstremal o‘ng partiya asoschilaridan biri ekanini yozgan. Uning faoliyati 1988-yilda taqiqlangan.
Qamoqqa olingan shaxs “Gerbert F” deb atalgan va u xavfli joylarga sayohat qilishga qiziqqan. U “Tolibon” tomonidan hibsga olinishidan oldin “Tolibon bilan bayram” sarlavhali maqola yozib, unda Afg‘onistondagi hayotga ijobiy munosabat bildirgan.
Izoh (0)